Migratsiya

Rossiya IIV 50 mingdan ziyod oʻzbekistonlik migrantlarni "nolegal"lar safidan chiqardi

© Sputnik / Aleksandr Kondratyuk / Fotobankka oʻtishReyd Federalnoy migratsionnoy slujbы
Reyd Federalnoy migratsionnoy slujbы - Sputnik Oʻzbekiston
Shuningdek, Rossiya ichki ishlar rahbarining birinchi oʻrinbosari Gorovoyning taʼkidlashicha, RF IIV Qurilish vazirligi bilan hamkorlikda Rossiya hududiga qurilish obʼyektlariga ishlash uchun keladigan mehnat migrantlariga kirishni soddalashtirish boʻyicha reglamentni ishlab chiqqan.

TOSHKENT, 26 dek - Sputnik. Bosh vazir maslahatchisi Mehriddin Xayriddinov boshchiligidagi oʻzbek delegatsiyasi Rossiyaga tashrif buyurib, RF IIV, Mehnat va bandlik boʻyicha federal xizmat hamda Moskva shahri meriyasida uchrashuvlar oʻtkazdi, deb xabar bermoqda Mehnat vazirligi matbuot-xizmati.

Posetiteli v mnogofunktsionalnom migratsionnom tsentre Moskvы, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Migrantlar uchun hujjat rasmiylashtirish soddalashtiriladi

Birinchi uchrashuv davomida Rossiya ichki ishlar rahbarining birinchi oʻrinbosari Aleksandr Gorovoy ikki davlatning migratsiya sohasidagi yuqori hamkorligini alohida eʼtirof etib, yangi yilda ham xuddi shunday trend davom ettirilishiga umid bildirdi.

Xabarda taʼkidlanishicha, joriy yil sentyabr oyida oʻzbek delegatsiyasining Moskvaga tashrifi chogʻida muzokaralar davomida erishilgan bitimga koʻra, RF IIV organlari tomonidan Rossiyada boʻlib turgan 50,7 ming Oʻzbekiston fuqarolari "nolegal"lar safidan chiqarilgan.

Rossiya ichki ishlar rahbarining birinchi oʻrinbosari Aleksandr Gorovoyning taʼkidlashicha, RF IIV Qurilish vazirligi bilan hamkorlikda Rossiya hududiga qurilish obʼyektlariga ishlash uchun keladigan mehnat migrantlarga kirishni soddalashtirish boʻyicha reglamentni ishlab chiqqqan.

Hujjat koronavirusga qarshi tezkor shtabga taqdim qilingan.

Stroitelstvo - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Rossiya qurilishlarida migrantlar yetishmasligi Putinga yetkazildi

Tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Rossiya Ichki ishlar vazirligi huzuridagi "Pasport-viza xizmati" Federal davlat unitar korxonasi hamda Moskva shahridagi "Koʻp tarmoqli migratsiya markazi" Davlat byudjet muassasasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida kelishuvlari imzolandi.

Bundan koʻzlangan maqsad Rossiya hududida ishlash istagida boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan holda chiqish jarayonlarini soddalashtirishdan iborat.

Oʻzbekiston tomonidan hujjatlarni Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari E.Muxitdinov, Rossiya tomonidan "Pasport-viza xizmati" FDUK rahbari oʻrinbosari P.Karpovets va "Koʻp tarmoqli migratsiya markazi" DBM bosh direktori S.Baldin imzoladilar.

Vaktsinatsiya - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Migrantlarni emlash uchun “Sputnik V” vaktsinasini yetkazib berish toʻgʻrisida bitim imzolandi

Taʼkidlash joizki, Rossiyaning bu ikki tuzilmasi Moskva va Rossiya boʻylab mehnat faoliyatini amalga oshirish boʻyicha ruxsatnoma olish uchun kompleks xizmat koʻrsatadigan vakolatli tashkilot hisoblanadi.

Ikki tomon davlat organlari oʻrtasida mazkur hujjatlarning imzolanishi migratsiya jarayonlarini tartibga solish, Rossiyada mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kerakli hujjatlarni rasmiylashtirishda Oʻzbekiston fuqarolarining vaqti va harajatlarini qisqartirishga xizmat qiladigan migratsiya front-ofislarini ochishga imkoniyat yaratadi.

Shu bilan birga buning natijasida oʻzbekistonliklar Rossiyaga joʻnab ketishdan oldin mazkuz tashkil xizmatlarining bir qismidan Oʻzbekiston hududida foydalanishlari mumkin boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala