TOSHKENT, 26 dek - Sputnik. Turkiyaga boradigan xorijliklar uchun 28 dekabrdan boshlab yangi talablar kuchga kiradi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati.
Turkiya sogʻliqni saqlash vazirligi havo qatnovi orqali chet ellardan respublikaga kelayotgan yoʻlovchilar endi oʻzlari bilan "COVID-19"ga "PTSR SARS-COV-2" uslubida test topshirilgani toʻgʻrisidagi, xorij fuqarosi Turkiya davlat chegarasini kesib oʻtayotgan paytda olinganiga 72 soatdan koʻp boʻlmagan amaldagi maʼlumotnomaga ega boʻlishlari shart.
Manfiy koʻrsatkichli "PTSR-test SARS-COV-2" natijasini taqdim etmagan yoʻlovchilar chegaradan oʻtilayotganda koʻrsatiladigan manzil (uy yoki mehmonxona)da majburiy 7 kunlik karantinga joylashtiriladi.
Mabodo fuqaro Turkiyada vaqtincha yashaydigan manzilini koʻrsatmagan boʻlsa, u mamlakat sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan karantin hududiga yuboriladi.
7 kunlik karantindan keyin olingan "PTSR-test SARS-COV-2" tahlilida musbat natija qayd etilganlar Turkiya SSVning "SOVID-19" munosabati bilan joriy etilgan amaldagi tegishli qoidalari asosida davolanadilar. Ushbu choralar 2021 yilning 1 martigacha amal qiladi.