Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Iqtisod

Toshkentda ikkita yangilangan GES ish boshladi

© Oʻzbekenergo AJV Tashkente zapustili 2 obnovlennыx GES
V Tashkente zapustili 2 obnovlennыx GES - Sputnik Oʻzbekiston
Yuqoridagi GESlarni modernizatsiya qilish Xitoy Xalq Respublikasining Eksimbank kreditini jalb qilgan holda amalga oshirildi.

TOSHKENT, 28 dek - Sputnik. Toshkentda 28 dekabr kuni ikkita yangilangan 9 va 14 GESlar oʻz faoliyatini qayta tikladi deb xabar qilmoqda “Oʻzbekgidroenergo” AJ.

Yuqoridagi GESlar 75 yil davomida ekspluatatsiya qilinish natijasida texnologik uskunalari moddiy va maʼnaviy jihatdan eskirib, soʻnggi yillarda mazkur GES oʻrnatilgan quvvatlarda ishlamay qolgan edi.

Na Sardobinskom vodoxraniliщe v Sыrdarinskoy oblasti nachalos stroitelstvo maloy gidroelektrostantsii - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Sirdaryoda kichik GES qurilishi boshlandi

9-GESda yangi 16,6 MVt quvvatli gidroagregatlarni oʻrnatish loyihasini amalga oshirish natijasida, yillik elektr energiya ishlab chiqarish koʻrsatkichi 95,0 mln.kVt.soatni tashkil etadi. Bu, oʻz navbatida, ishlab chiqarish quvvatlarini qariyb 2 barobarga oshiradi. Yangilangan 9-GES Toshkent shahrining 60-70 mingga yaqin aholi xonadonlarining elektr energiyasiga boʻlgan talabini qondiradi.

14-GESda umumiy quvvati 15 MVtdan iborat 2 dona gidroagregat oʻrnatildi va uning yillik elektr energiya ishlab chiqarish koʻrsatkichi 90,7 mln. kVt/soatgacha oshirildi. Yangi loyiha ishga tushirilishi natijasida Toshkent viloyatining 50-60 mingga yaqin xonadonlari elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyoji qondiriladi.

Yuqoridagi GESlarni modernizatsiya qilish Xitoy Xalq Respublikasining Eksimbank kreditini jalb qilgan holda amalga oshirildi. Modernizatsiya ishlari XXRning “Power Construction of China Ltd” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

© "Oʻzbekenergo" AJV Tashkente zapustili 2 obnovlennыx GES
Toshkentda ikkita yangilangan GES ish boshladi - Sputnik Oʻzbekiston
V Tashkente zapustili 2 obnovlennыx GES

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala