Jamiyat

Mehribonlik uyida suratga olingan "Yoʻqolsin kalamushlar" videosi yuzasidan axborot berildi

© GUVD g. TashkentaAvtomobil pravooxranitelnыx organov Uzbekistana na meste DTP
Avtomobil pravooxranitelnыx organov Uzbekistana na meste DTP - Sputnik Oʻzbekiston
Ushbu videotasvir "bizga boshqa rahbar kerak emas" deb Abdurasul Akmalovning direktor vazifasiga qaytishini soʻrayotgan texnik xodimlar tomonidan suratga olingan.
TOSHKENT, 1 yanv - Sputnik. Oʻtgan yilning yakuni30 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Boʻka tumani 15-sonli mehribonlik uyidagi "Yoʻqolsin kalamushlar" mavzusida videotasvir yuzasidan Toshkent viloyat XTB munosabat bildirdi.
Denejnыe kupyurы i monetы raznыx stran - Sputnik Oʻzbekiston
Korruptsiyaga oid anonim murojaatlar ham koʻrilib chiqiladi
Xabarga koʻra, ushbu holat Toshkent viloyati hokimligi, viloyat prokuraturasi, viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi masʼul xodimlari, Boʻka tumani hokimligi, jamoatchilik vakillari tomonidan joriy yilning 31 dekabr kuni joyiga chiqqan holda oʻrganildi.
Oʻrganish natijasida quyidagilar aniqlandi: mazkur videotasvirdagi holat Boʻka tumanidagi 15-sonli mehribonlik uyida 2020 yil 14 dekabrda direktor vazifasini vaqtincha bajarish vazifasi yuklatilgan Abdurasul Akmalovni vazifasidan ozod qilish boʻyicha Toshkent viloyati xalq taʼlimi boshqarmasining buyrugʻi bilan mehribonlik uyi jamoasi tanishtirilayotgan vaqtda joriy yilning 24 dekabr kuni roʻy bergan.
Ushbu videotasvir "bizga boshqa rahbar kerak emas" deb Abdurasul Akmalovning direktor vazifasiga qaytishini soʻrayotgan texnik xodimlar tomonidan suratga olingan.
Akmalov direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimidan ozod qilish haqida yozgan oʻz arizasiga koʻra Toshkent viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi tomonidan 2020 yil 23 dekabr kuni vazifasidan ozod qilingan.
Baxadыr Ismailov, nachalnik nauchno-obrazovatelnogo tsentra protivodeystvii korruptsii Akademii Genprokuraturы RUz - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Ismoilov: bugungi kunda korruptsiyani yashirish deyarli imkonsiz boʻlib qoldi
Shuningdek, Akmalov 2013-2016 yillarda mazkur mehribonlik uyi direktori vazifasida faoliyat olib borganligi hamda rahbarlik faoliyati davomida moliyaviy kamchiliklarga yoʻl qoʻyganligi sababli 2017 yilda Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati Bekobod shahar sudining hukmiga koʻra aybdor deb topilganligi maʼlum boʻlgan.
Mehribonlik uyida 137 nafar bolalar tarbiyalanmoqda.
2020 yil 31 dekabr kuni homiylar tomonidan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga sovgʻalar berilib, bayram dasturxoni tashkil etildi.
Bugungi kunda mehribonlik uyi direktori vazifasini vaqtincha bajarish Boʻka tumani xalq taʼlimi boʻlimi bolalarni ijtimoiy himoya qilish boʻyicha mutaxassis U.Urunovaga yuklatilgan.
Toshkent viloyati halq taʼlimi boshqarmasi tomonidan tuzilgan ishchi guruhi tomonidan muassasaning taʼlim-tarbiya jarayoni, tarbiyalanuvchilarga yaratilgan sharoit, pedagogik jamoa orasidagi muhit oʻrganilmoqda. Oʻrganish natijalari yuzasidan qoʻshimcha ravishda maʼlumot beriladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala