Dunyoda

Arab davlatari Qatar bilan yarash shartnomasi imzolashdi

© Sputnik / Abdulkader Xadj / Fotobankka oʻtishGoroda mira. Doxa
Goroda mira. Doxa - Sputnik Oʻzbekiston
Bundan 3,5 yil oldin Saudiya Arabistoni, Bahrayn va BAA Qatar bilan barcha aloqalarni bekor qilgan, quruqlik, suv va havodagi chegaralarini yopgan edi.
TOSHKENT, 5 yanv — Sputnik.  Fors koʻrfazi davlatari Qatar bilan mojaroni yakunlash va chegaralarni ochish haqida shartnoma imzolashdi. Ushbu kelishuvga Doxada boʻlib oʻtgan Arab davlatlarining 41-sammitida erishildi
Kelishuv ostiga Qatar va Quvayt amirlari, Saudiya Arabistoni va Bahrayn voris shahzodalari hamda BAA vitse-prezidenti hamda Oman bosh vaziri oʻrinbosarlari oʻz imzolarini qoʻyishdi. 
Imzolangan shartnomaning barcha shartlari keng ommaga hozircha oshkor qilinmagan boʻlsada, uning asosiy mazmuni - bir necha yildan beri yakkalanib kelayotgan Qatar bilan yarashishdir. Aynan shu sababli pandemiyaga qaramasdan arab davlatlari rahbarlari uchrashuvni oflayn tartibda oʻtkazishga qaror qilishdi.
Shtab-kvartira OPEK v Vene - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Qatar OPEKdan chiqishini eʼlon qildi
Shartnomaning texnik jihatlarini keyinchalik tegishli qoʻmitalar tomonidan kelishib olishga qaror qilindi.
Xabarda aytilishiga koʻra, ushbu shartnomaga erishishda AQSH prezidenti Donald Trampning ishtirioki sezilarli boʻlgan. Shu sababli uchrashuvda uning katta maslahatchisi (va kuyovi) Djared Kushner ham ishtirok etgan.
Undan tashqari, uchrashuvda 2017 yilda Qatar bilan aloqalarni uzgan Misr tashqi ishlar vaziri Samex ash-Shukri ham ishtirok etgan. 
Eslatib oʻtamiz, Saudiya Arabistoni Qatar bilan munosabatlarini uzishga 2017 yilda qaror qilgan edi. Shundan soʻng 3,5 yil davomida Saudiya Arabistoni, Bahrayn va BAA Qatar bilan barcha aloqalarni bekor qilgan va quruqlik, suv va havodagi chegaralarini yopgan edi. Qatar amiri Tamim ben Xamad Al Tani arab davlatlarining hududiy uchrashuvlarida ishtirok etmagan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala