Oʻzbekiston va Tojikiston muntazam avia-qatnovlarni qayta tiklamoqda

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishRabota aviadispetcherov v aeroportu Domodedovo
Rabota aviadispetcherov v aeroportu Domodedovo - Sputnik Oʻzbekiston
Ikki davlat poytaxtlari - Toshkent va Dushanbe oʻrtasida reyslar — "Oʻzbekiston havo yoʻllari" va "Somon Eyr" aviakompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi
TOSHKENT, 15 yanv — Sputnik. Tojikiston va Oʻzbekiston Dushanbe va Toshkent oʻrtasida muntazam reyslarni amalga oshirishga kelishdi, deb xabar qildi jurnalistlarga Tojikiston fuqarolik aviatsiyasi direktori Ikrom Subxonzoda.
Samolet uzbekskix avialiniy - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston va Tojikiston avia-parvozlarni qayta tiklamoqda
RIA Novosti bu haqda xabar bermoqda.
"Davlatlarimizda koronavirus bilan bogʻliq vaziyatning yaxshilanishi munosabati bilan va mamlakat hukumati qaroriga asosan Koronavirusga qarshi kurashish boʻyicha Respublika shtabi Dushanbe va Toshkent oʻrtasida muntazam parvozlarni tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Endi ikkala tomon ham parvozlarni boshlashga tayyor, va chiptalar tez orada erkin savdoga chiqariladi", - dedi u.
Agentlik rahbarining soʻzlariga koʻra, ikkala davlat poytaxtlari oʻrtasida reyslar "Somon Eyr" va "Oʻzbekiston havo yoʻllari" aviakompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Aniqlik kiritilishicha, aviakompaniyalarning har biri haftasiga bittadan reysni amalga oshiradi: chorshanba kunlari — "Oʻzbekiston havo yoʻllari", juma kunlari esa — "Somon Eyr".
Subxonzoda shuningdek, Tojikistondan Oʻzbekistonga yoki aksincha yoʻl olgan fuqarolar majburiy tartibda barcha ehtiyot choralarini koʻrishlari kerakligini taʼkidladi. Yoʻlovchilar oʻzlari bilan "COVID-19"ga "PTSR SARS-COV-2" uslubida test topshirilgani toʻgʻrisidagi, olinganiga 72 soatdan koʻp boʻlmagan amaldagi maʼlumotnomaga ega boʻlishlari shart.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala