Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Migrantы - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya

Putin muhlat berdi: migrantlarni qurilishga jalb qilish masalasi hal qilinishi kerak

© Sputnik / Artur Lebedev / Fotobankka oʻtishStroitelstvo jilogo kompleksa
Stroitelstvo jilogo kompleksa - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya prezidenti qurilishlarga mehnat migrantlarini soddalashtirgan holda jalb qilish masalasini koʻrib chiqishni topshirdi.
TOSHKENT, 18 yanv — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumatga pandemiya vaqtida qurilishlarga mehnat migrantlarini soddalashtirgan holda jalb qilish masalasini koʻrib chiqishni topshirdi. Tegishli topshiriq Kreml saytida chop qilingan.
Stroitelstvo - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya
Rossiya qurilishlarida migrantlar yetishmasligi Putinga yetkazildi
Topshiriqqa binoan 1 mart sanasiga qadar chet ellik quruvchilarni, jumladan, qator MDH mamlakatlaridan soddalashtirilgan tartibda jalb qilish masalasi koʻrib chiqilishi kerak. Bunda yangi koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olishga qaratilgan sanitariya-epidemiologik talablarga rioya qilish talab etiladi.
Eslatib oʻtamiz, Rossiya bosh vaziri oʻrinbosari Marat Xusnullin va Tatariston rahbari Rustam Minnixanov Putindan qurilishda ishchi kuchi yetishmasligi masalasini koʻrib chiqishni iltimos qilgan edi. Vladimir Putin boshqa mamlakatdagi hamkasblari bilan Rossiyada migrantlar yetishmasligi masalasini muhokama qilishini maʼlum qilgan edi.
Bundan tashqari, Rossiya Qurilish vazirligi ham mehnat migrantlarining mamlakatga kirishini soddalashtirish taklifi bilan chiqqan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala