Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Kolumnistlar

Rossiya S-400 tizimlari toʻrtinchi mamlakatni “egallab olmoqda”: keyin nima boʻladi

© Sputnik / Sergey Malgavko / Fotobankka oʻtishPolk S-400 zastupil na boyevoye dejurstvo v Krыmu
Polk S-400 zastupil na boyevoye dejurstvo v Krыmu - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyaning S-400 zenit raketa tizimlari yangi mamlatlarni qamrab olishda davom etmoqda. Yana bir davlat uni xarid qilish arafasida.
Xitoy, Turkiya, Hindistondan keyin Belarus Respublikasining Harbiy havo kuchlari (HHK) va havo hujumiga qarshi mudofaasi “Triumf”larni qayta qurollanishga olishga hozirlik koʻrmoqda. Iroq, Qatar va Marokko ham S-400 tizimlarini xarid qilish jarayonida. S-400 ZRTning dunyo boʻylab muvaffaqiyatining asosi – muqobili yoʻqligi, nodir jangovar xususiyatlarida.
S-400 “Triumf” v deystvii - effektnыe kadrы ispыtaniy ot Minoboronы Rossii - YouTube - Sputnik Oʻzbekiston
Video
S-400 qanday qilib nishonni aniq moʻljalga olmoqda – video
Belarus Respublikasi Qurolli kuchlarining Harbiy havo kuchlari va havo hujumiga qarshi mudofaasi qoʻmondoni genaral-mayor Igor Golub 14 yanvar kuni kelajakda havo hujumiga qarshi mudofaa boʻlinmalari AQSH HHKning F-22 va F-35 beshinchi avlod qiruvchilarining jangovar imkoniyatlarini inobatga olgan holda maxsus ishlab chiqilgan eng yangi “Triumf” S-400 tizimlarini qayta qurollanishga olishini maʼlum qildi (NATO Yevropada yuzlab F-35larni yoyishni rejalashtirmoqda).
Bundan tashqari, qoʻshinlarda “Pantsir-S” zenit raketa toʻp majmualarini oʻzlashtirish boʻyicha shartnomadan oldingi ishlar olib borilmoqda. MI-35 koʻp moʻljalli zarba vertolyotlari va SU-30SM qiruvchilarining ikkinchi partiyasini yetkazib berish uchun shartnomalar tuzilgan.  Belarus qoʻshinlari 2021 yilda “Protivnik-G” va “Vostok” yangi radarlarini qurollanishga qabul qiladi.
Zenitno-raketnыy kompleks S-400 Triumf - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Pushkov: Ar-Riyodning S-400 sotib olishi AQSH uchun “yoqimsiz yangilik”
Avvalroq mamlakatning havo maydonini muhofaza qilish jangovar navbatchiligiga (Baranovichi hududida) Rossiyaning “Sopka-2” yangi uch koordinatli radiolokatsiya majmuasi turgan edi. Gʻarb sanktsiyalari va iqtisodiy qiyinchilik Belarus armiyasi uchun Rossiyani muqobilsiz qurol-yarogʻ yetkazuvchi qiladi.
Belarus osmoni har qanday tajovuzkor uchun oʻtib boʻlmaydigan darajada mustahkamlanmoqda. HHK va havo hujumiga qarshi mudofaa qoʻshinlari dushman tomonidan raketa quroli va dronlar qoʻllanishida Suriya, Liviya va Qorabogʻ tajribasini inobatga olib, eng murakkab vaziyatda jangovar vazifalarni hal qilishni oʻrganmoqda.

Umid va ishonchga toʻla surʼat

Rossiya bilan faol harbiy texnika hamkorlik dunyoning ellikta, jumladan, MDHdagi yettita mamlakatning xavfsizligi va suvereniteti mustahkamlamoqda. Xorijlik mutaxassislar Rossiyaning jangovar samolyotlari va havo hujumiga qarshi mudofaasini eng samarali himoyalanish vositasi deb hisoblashadi.
Xitoy “Triumf” 400-S zenit raketa tizimlarining birinchi xorijiy buyurtmachisi boʻldi. Xitoy ikkita “Triumf” polk majmualarini yetkazib berish uchun Rossiya bilan shartnoma imzolagani 2014 yil noyabrida maʼlum boʻldi.
Xitoy mutaxassislari 2018 yil dekabrida “Triumf”lardan muvaffaqiyatli oʻq uzishdi, 250 km masofadagi ballistik nishonni yakson qilishdi. S-400ning ikkinchi polk majmuasini Xitoy 2019 yil dekabrida oldi. 400 km masofadagi harakatlar (dunyodagi hech qanday raketa tizimi buni qila olmaydi), dushmanning uzoq masofadagi radiolokatsiyasini aniqlash va boshqarish (DRLO) samolyotlarini yoʻq qilish qobiliyatini Xitoy Rossiya “Triumf”larining asosiy afzalliklari deb hisoblaydi. S-400 tizimlari XXR atrofidagi periferiya va bahsli hududlarni ishonchli nazorat qilishga imkon beradi.
Divizion S-400 Triumf zastupil na boyevoye dejurstvo v Krыmu - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Anqaraning tanlovi ayon: ekspert S-400 ikkinchi polkini Turkiyaga yetkazib berilishi haqida
Rossiya va Turkiya “Triumf” S-400 ZRTlarini yetkazib berish toʻgʻrisida 2017 yilda kelishib oldi, shartnoma qiymati 2,5 milliard dollarni tashkil etadi. Bu Amerika-Turkiya munosabatlarida jiddiy inqirozni keltirib chiqardi. Vashington Turkiyaga sanktsiyalar hamda F-35 qiruvchilari loyihasidan chiqarib tashlash bilan tahdid qilib, bitimdan voz kechish va faqat Amerikaning “Patriot”larini xarid qilishni talab qildi. Anqara AQSH ultimatumlariga qaramasdan, 2019 yilda S-400 zenit raketa tizimlarining toʻrtta divizionini oldi (birinchisini).
Turkiya ikkinchi majmuani xarid qilish va mamlakatda eng ishonchli va zamonaviy havo hujumiga qarshi mudofaani shakllantirish niyatida. 2020 yil iyunida Turkiyaga S-400 zenit raketa tizimining ikkinchi majmuasi (polkini) yetkazib berish toʻgʻrisida printsial bitim imzolangan.
Hindiston 2018 yil oktyabrida qiymati 5,43 dollar boʻlgan S-400 ning beshta polk majmualarini yetkazib berishga shartnoma tuzdi. Dehli AQShning bosimlariga qaramasdan qatʼian qaror qilgan. “The Times of India” nashri maʼlumotlariga koʻra, Rossiya “Triumf”lari Hindistonning gʻarbiy, shimoliy va sharqiy hududlarida (Xitoy va Pokiston tomonidagi tahdidlarni inobatga olib) joylashtiriladi va mamlakat havo hujumiga qarshi mudofaa tizimida inqilobni keltirib chiqaradi. 2021 yil yanvariga qadar S-400 zenit raketa tizimidan foydalanish va jangovar qoʻllashni oʻrganish uchun 100 kishidan iborat hindistonlik mutaxassislar Rossiyaga keladi. Hindiston “Triumf” birinchi majmuasini 2021 yil oxiriga qadar qurollanishga olmoqchi. Rossiya barcha beshta S-400larni 2025 yilgacha yetkazib berishni rejalashtiryapti.

Tantanali istiqbollar

Marokko, Qatar, Iroq “Triumf”larni xarid qilish borasida muzokaralar oʻtkazmoqda. Avvalroq Aljir, Vyetnam, Misr, Saudiya Arabistoni, jami 12 tadan ziyod mamlakat Rossiyaning S-400 zenit raketa tizimlarini xarid qilishga qiziqish bildirgandi.
Xorijdan kelib tushayotgan talab eksportchilar taklifidan oshmoqda (Rossiya Havo kosmik kuchlarining qayta qurollanishi ustuvor vazifa boʻlib qolmoqda). AQSH dushmanlariga sanktsiyalarlar orqali qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunga binoan (2017 yil avgust oyida prezident Donald Tramp tomonidan imzolangan) bu davlatlarga qarshi sanktsiya joriy etishlari mumkin. Dunyodagi eng yaxshi havo hujumiga qarshi mudofaaga erishish yoʻlida hech narsa toʻxtata olmaydi.
“Triumf” tizimlari dunyoni oʻzgartirmoqda. Agar S-400 xarid qilsa, masalan, Iroq, AQShning Fors koʻrfazi hududidagi avatashuvchilari umuman foydasiz oʻyinchoqqa aylanib qoladi. Vashingtonning oʻz dunyo qarashi kontseptsiyasiga tuzatish kiritishiga, Eron bilan muloqot qilishda “uslubini qayta fikrlashiga” toʻgʻri keladi. Bu allaqachon Iroqda roʻy bermoqda.
Kompleks PVO S-400 Triumf zastupil na boyevoye dejurstvo v Sevastopole - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya Hindistondan S-400 uchun birinchi toʻlovni oldi
Iroqdagi AQSH elchixonasi va harbiy bazalari muntazam ravishda raketadan oʻqqa tutilmoqda. Amerika zenit raketa tizimlarni raketa hujumlarini qaytarishni uddasidan chiqmadi. Zalp oʻt ochish tizimlari snaryadlari Bogʻdodning “yashil hududida” portlamoqda. Bu AQShni diplomatik xodimlarning katta qismini evaukatsiya qilish va iroqliklardan ular Rossiyadan xarid qilgan “Pantsir-S”ni ijaraga olib turishlariga majburladi.
Ammo, keling, S-400 ZRKlarga qaytamiz. “Trium”ning muhim afzalliklari – radiolokatsiya stantsiyasini har tomondan koʻzdan kechirish va raketalarning toʻrt turini qoʻllashning tez oʻzgara olishi. Turli turdagi raketalardan foydalanish gipertovushli nishonni, jangovar aviatsiyani, dronlarni, qanotli, taktik va ballistik raketalarni 5 metrdan 30 kilometr balandlikda, uzoqlikda esa 2 kilometrdan 400 kilometrgacha aʼlo darajada yoʻq qilishga imkon beradi.
Zenitnыe raketnыe sistemы S-400 Triumf - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Iroq ham S-400 sotib olishga qaror qildi
“Triumf”ning bitta batareyasi 72 tagacha qaratilgan raketaga ega boʻlishi va bir vaqtning oʻzida ulardan 36 tagacha nishonni oʻqqa tushishi mumkin. Bunda ular 4800 m/soniyagacha tezlikda uchishadi. S-400 tizimlari turli turdagi zenit raketa tizimlarini (S-300, Pantsir-S1, Tor-M1) integratsiya qilishga va radioelektrga qarshi harakatning har qanday sharoitlarida havo hujumiga qarshi mudofaaning turli uzoqlikdagi tarmoqlarini boshqarishga qodir.
Shu bilan birga, 2021 yilda Rossiya qoʻshinlari inqilobiy S-500 tizimlarini oladi. U 200 kmgacha balandlikdagi urushlarga tayyor. Rossiyaning harbiy texnika hamkorligi boʻyicha hamkorlari yangi navbatdan oʻrin olishlarining vaqti keldi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala