Oʻzgidromet: baʼzi joylarda shamol tezligi kuchayib, 12-15 darajagacha sovuq boʻladi
Oʻzgidromet: baʼzi joylarda shamol tezligi kuchayib, 12-15 darajagacha sovuq boʻladi
Oʻzgidromet yaqin kunlarda kutilayotgan ob-havo haqida maʼlumot berdi. 21-23 yanvar kunlari respublika hududiga Rossiya Yevropa qismining markaziy hududlari ustida... 20.01.2021, Sputnik Oʻzbekiston
TOSHKENT, 20 yanv — Sputnik. 21-23 yanvar kunlari Oʻzbekiston hududiga gʻarbiy Qozogʻiston orqali Rossiya (Moskva viloyati) Yevropa qismining markaziy hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar qilmoqda.21 yanvarda Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida va kechga tomon Buxoro, Navoiy viloyatlarining baʼzi joylarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) yogʻadi.22 yanvarda respublika hududlari boʻyicha yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, togʻ oldi va togʻli hududlarda qor, baʼzi joylarda kuchli qor yogʻadi. Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida yogʻingarchilik kutilmaydi.21-22 yanvarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, baʼzi joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.22-23 yanvarda havo harorati kechalari 5-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5 daraja sovuqqacha; shimolda kechalari 12-15 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5-8 daraja sovuqqacha pasayadi.22-23 yanvarda oʻrtacha kecha-kunduzlik havo harorati meʼyordan 8-10 darajaga past boʻladi. Yoʻllarda yaxmalak boʻlishi mumkin.
Oʻzgidromet yaqin kunlarda kutilayotgan ob-havo haqida maʼlumot berdi. 21-23 yanvar kunlari respublika hududiga Rossiya Yevropa qismining markaziy hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.
TOSHKENT, 20 yanv — Sputnik. 21-23 yanvar kunlari Oʻzbekiston hududiga gʻarbiy Qozogʻiston orqali Rossiya (Moskva viloyati) Yevropa qismining markaziy hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar qilmoqda.
21 yanvarda Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida va kechga tomon Buxoro, Navoiy viloyatlarining baʼzi joylarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) yogʻadi.
22 yanvarda respublika hududlari boʻyicha yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, togʻ oldi va togʻli hududlarda qor, baʼzi joylarda kuchli qor yogʻadi. Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida yogʻingarchilik kutilmaydi.
21-22 yanvarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, baʼzi joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
22-23 yanvarda havo harorati kechalari 5-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5 daraja sovuqqacha; shimolda kechalari 12-15 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5-8 daraja sovuqqacha pasayadi.
22-23 yanvarda oʻrtacha kecha-kunduzlik havo harorati meʼyordan 8-10 darajaga past boʻladi. Yoʻllarda yaxmalak boʻlishi mumkin.