Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Dunyoda

"Somon Eyr" Oʻzbekistonga parvozlarni tiklamoqda - boshlanish sanasi va shartlar

© © Press-slujba "Somon Eyr"Somon Eyr predstavila novuyu uniformu dlya bortprovodnikov i pilotov
Somon Eyr predstavila novuyu uniformu dlya bortprovodnikov i pilotov - Sputnik Oʻzbekiston
"Somon Eyr" aviakompaniyasi Tojikistondan Oʻzbekistonga muntazam parvozlarni qayta tiklashini eʼlon qildi.
TOSHKENT, 21 yanv — Sputnik. "Somon Eyr" aviakompaniyasi Tojikistondan Oʻzbekistonga muntazam parvozlarni qayta tiklashini eʼlon qildi.
Dushanbe - Toshkent - Dushanbe yoʻnalishi boʻyicha parvozlar haftada bir marta - juma kunlari amalga oshiriladi.
Aviakompaniya eng yaqin reysni kelasi juma, 29 yanvar kuni amalga oshirishni rejalashtirdi.
Dushanbedan joʻnab ketish soat 10:30da, Toshkentdan esa mahalliy vaqt bilan soat 13:00da amalga oshiriladi.
Samolet uzbekskix avialiniy - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston va Tojikiston avia-parvozlarni qayta tiklamoqda
Dushanbe-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha parvoz qilmoqchi boʻlgan Tojikiston fuqarolarida kelishidan 72 soat oldin amalga oshirilgan COVID-19 yoʻqligi haqida maʼlumotnoma (PTSR-testi) boʻlishi kerak.
Koronavirus alomatlari boʻlgan va PTSR-testining ijobiy natijasi boʻlgan shaxslar reysga qoʻyilmaydi.
Oʻzbekistonga kelgan barcha yoʻlovchilar Toshkent aeroportida yoʻlovchilar hisobidan koronavirus infektsiyasiga qarshi antitellarni aniqlash uchun ekspress-testdan oʻtishlari kerakligi koʻrsatilgan. Ekspress-test natijasi ijobiy boʻlgan yoʻlovchilar davolanish uchun kasalxonaga yotqiziladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala