Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting

Hokimlik xodimi 15 ming dollar bilan qoʻlga tushdi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishNaruchniki
Naruchniki - Sputnik Oʻzbekiston
Urgut tuman hokimligi xodimi fuqarolarning biridan Urgut erkin iqtisodiy zonasi hududidan yer ajratib berish evaziga 30 ming dollar soʻragan
TOSHKENT, 21 yanv - Sputnik. Hokimlik xodimi 15 ming dollar pora bilan qoʻlga tushdi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matubot-xizmati.
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik Oʻzbekiston
Buxoro viloyati sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshligʻi pora bilan qoʻlga tushdi
Urgut tuman hokimligi xodimi fuqarolarning biridan Urgut erkin iqtisodiy zonasi hududidan yer ajratib berish evaziga 30 ming dollar soʻrab, undan 15 ming dollarni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Bosh prokuratura maʼlumotlariga koʻra, 2020 yil davomida respublika boʻyicha jami 1148 ta jinoyat ishi boʻyicha 1723 nafar mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 9 nafari respublika, 45 nafari viloyat va 1669 nafari tuman-shahar miqyosidagi vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat yuritgan.
Jenщina legkogo povedeniya v gostinitse - Sputnik Oʻzbekiston
Sirdaryoda IIB xodimiga pora bermoqchi boʻlgan “oʻta tajribali” fohisha qoʻlga olindi
Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 835 nafari oʻzganing mulkini oʻzlashtirish va rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish, 227 nafari firibgarlik, 132 nafari pora olish (berish) va pora olish-berishda vositachilik qilish, 58 nafari mansab mavqeini suiisteʼmol qilish, 31 nafari mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, 25 nafari mansabga sovuqqonlik bilan qarash, 16 nafari mansab soxtakorligi va  399  nafari boshqa jinoyatlarni sodir etishgan.
Mansabdor shaxslarning jinoyatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 500,1 mlrd. soʻm miqdorida moddiy zarar yetkazilgan. Tergov jarayonida ushbu zararning 355,7 mlrd. soʻmi undirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala