Jamiyat

Dam olish kunlari Oʻzbekiston Rossiyadan kelgan sovuq antitsiklon taʼsirida boʻladi

© Sputnik / StringerZima v Tashkente
Zima v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonning barcha hududlari Rossiyaning (Moskva viloyati) Yevropa hududidan kirib kelgan sovuq antitsiklon taʼsiri ostida boʻladi.
TOSHKENT, 22 yanv — Sputnik. Bugun Oʻzbekistonning barcha hududlari Rossiyaning (Moskva viloyati) Yevropa hududidan kirib kelgan sovuq antitsiklon taʼsiri ostida boʻladi. Kun davomida koʻp hududlarida qor yogʻishi kuzatiladi, faqat shimoliy hududlarda yogʻingarchilik boʻlishi ehtimoli kamroq. Havo harorati 2-5 daraja sovuq boʻladi.
Avtomobil proyezjayet pod pokrыtыmi snegom derevyami na Korsike  - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Izgʻirin ob-havo hafta oxirida Oʻzbekistonga qaytadi
Ertaga Oʻzbekiston hududlariga sovuq atmosfera fronti taʼsiri saqlanib turadi, respublikaning shimoliy va sharqiy hududlarida biroz qor yogʻishi mumkin. Havo harorati kechasi 5-10 daraja sovuqni, kunduzi 0-5 daraja sovuqni tashkil etadi.
Yakshanba kuni yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat togʻ oldi va togʻli hududlarda kechasi va ertalab biroz qor yogʻishi mumkin. Kechasi 5-10daraja gacha boʻlgan sovuq kuzatiladi, kunduzi havo biroz manfiy qiymatlargacha isiydi va 0-3 daraja iliq atrofida.
Shu kunlarda oʻrtacha kecha-kunduzlik havo harorati iqlimiy meʼyorlardan 8-10 darajaga past boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala