Dunyoda

Rahmon Tojikiston koronavirus ustidan gʻalaba qozonganini maʼlum qildi

Tojikiston SSV maʼlumotlariga koʻra, mamlakatda 15 kundan buyon koronavirus bilan kasallanish aniqlanmayapti.
TOSHKENT, 26 yanv — Sputnik. Tojikiston COVID-19 ustidan toʻliq gʻalaba qozondi. Bu haqda mamlakat prezidenti Emomali Rahmon 26 yanvar kuni parlamentga yoʻllagan murojaatnomasida maʼlum qildi, deya yozadi Sputnik Tojikiston.
“Hozir Tojikistonda koronavirus yoʻq, u bizda toʻliq yoʻq qilindi”, - dedi Rahmon.
Davlat rahbari aholi xavfsizlik choralariga rioya qilishi zarurligini taʼkidladi.  
Jiteli goroda Dushanbe v zaщitnыx maskax na ulitse - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Tojikiston COVID-19 ni yengdimi: Markaziy Osiyodagi vaziyat
“Beparvo boʻlmasligimiz va shaxsiy gigiyena qoidalari haqida unutib qoʻymasligimiz zarur”, - deya qoʻshimcha qildi u.
Tojikiston SSV maʼlumotlariga koʻra, mamlakatda 15 kundan buyon koronavirus bilan kasallanish aniqlanmayapti.
25 yanvar holatiga koʻra respublikada 13 308 kishi koronavirus bilan kasallangan, shulardan 13 218 nafari (99,3 foizi) tuzalib ketgan. Koronavirusdan 90 kishi vafot etgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala