Oʻzbekistonda Xitoy vaktsinasi sinovlarida 2-doza bilan emlanganlar 1000 nafardan oshdi

Tadqiqotda ishtirok etmoqchi boʻlgan koʻngillilar quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishi mumkin. Vazirlik vaktsinaning ushbu sinovi 14 oy davom etishini maʼlum qilgan.
TOSHKENT, 6 fev - Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi ZF 2001 vaktsinasining III bosqich sinovlari doirasida vaktsina olgan fuqarolar soni 5 fevral holatiga koʻra 6484 kishiga yetdi. Bu haqda Telegram’dagi "Vaksinauz" kanali xabar berdi.
Vaktsinatsiya ot koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.01.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda 4617 kishi Xitoy vaktsinasi bilan emlandi
Maʼlum qilinishicha, ZF 2001 vaktsinasi sinovida ishtirok etish uchun umumiy tashrif buyurganlar 14 008 nafarni tashkil etgan boʻlib, ulardan 6484 nafar koʻngilli vaktsinaning 1-dozasi bilan va 1045 nafar koʻngilli vaktsinaning 2-dozasi bilan emlangan.
Vaktsina olish istagida kelgan har bir fuqaro roʻyxatdan oʻtkaziladi, ular bilan tushuntirish ishlari olib boriladi. Keyin esa tartib qoidaga muvofiq uning antropometrik belgilari — boʻyi va vazni oʻlchanadi. Shuningdek, immunoferment (IFA) tahlil testini olishga koʻrsatma beriladi. "Ushbu tekshiruvning natijasi 20 daqiqa ichida tayyor boʻladi. Bu orqali qonda virusga qarshi antitanachalar bor yoki yoʻqligiga aniqlik kiritiladi. Bu esa fuqaro oldin koronavirusga chalinmaganligini bilish uchun kerakli faktordir", — deyiladi xabarda.
Tadqiqotda ishtirok etmoqchi boʻlgan koʻngillilar quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishi mumkin.
Avvalroq Oʻzbekiston innovatsion rivojlanish vaziri Xitoy vaktsinasi masalasida aholini xotirjamlikka chaqirib, sinovda oila aʼzolari ham qatnashayotgani, Toshkentda davom etayotgan koronavirusga qarshi vaktsinalar sinovida hozircha nojoʻya taʼsir aniqlanmaganini maʼlum qilgandi. Shuningdek, vazirlik vaktsinaning ushbu sinovi 14 oy davom etishini maʼlum qilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala