Oʻzbekistonda yil oxiriga qadar daraxtlarni kesish man etildi

Nezakonnaya vыrubka mnogoletney chinarы v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.02.2021
Shuningdek, noqonuniy kesilgan daraxt va butalar uchun esa uch yil davomida parvarishlash sharti bilan 100 tup koʻchat ekish majburiy etib belgilanmoqda.
TOSHKENT, 6 fev - Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning 3 fevraldagi farmoni bilan respublikada davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning qimmatbaho navlari kesilishiga joriy etilgan moratoriyning amal qilish muddati 2021 yil 31 dekabrgacha uzaytirildi, deb xabar bermoqda "Gazeta.uz" nashri.
Toshkentdagi mahallalarga ajratilgan pul va daraxt ekish masalasi - video - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.01.2021
Video
Toshkentdagi mahallalarga pul ajratish va daraxt ekish masalalari haqida - video
Hujjat bilan har bir kesilgan daraxt va butalar uchun kompensatsiya tarzida 10 tup qimmatliligi jihatidan kesiladigan daraxt va butalardan kam boʻlmagan, yirik oʻlchamli koʻchat ekish hamda ularni kamida ikki yil davomida parvarish qilish majburiyati kiritilmoqda.
Shuningdek, noqonuniy kesilgan daraxt va butalar uchun esa uch yil davomida parvarishlash sharti bilan 100 tup koʻchat ekish majburiy etib belgilanmoqda.
Daraxt va butalarning kesilishiga joriy etilgan moratoriy talablariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida daraxt va butalarning noqonuniy kesilishini aniqlagan yoki oldini olgan fuqarolarni ragʻbatlantirish tizimi joriy etiladi.
V Kuyichirchikskom rayone Tashkentskoy oblasti obnarujena vыrubka 52 derevyev. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.12.2020
Jamiyat
Toshkent viloyatidagi toʻqayzorda 52 tup daraxt kesib tashlandi
Avvalroq Davlat ekologiya qoʻmitasi moratoriy muddatini bir yilga uzaytirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun jarima miqdori ikki baravarga oshirilgandi.
Bunga qadar Prezidentning 2019 yildagi 30 oktyabrdagi farmoni bilan moratoriy muddati 2019 yil 1 noyabrdan 2020 yil 31 dekabrga qadar joriy etilgan edi.
Mazkur hujjat qabul qilingunga qadar, yanvar oyida Sergeli tumanida 14 tup har xil turdagi daraxtlar ruxsatnomasiz ildiz qismidan qoʻporib tashlandi. Oqibatda oʻsimlik dunyosiga 151 million soʻmlik zarar yetkazildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala