Dunyoda

Yevropa Ittifoqi “Sputnik V” vaktsinasini roʻyxatdan oʻtkazish arizasini qabul qildi

© Sputnik / Ilya Naymushin / Fotobankka oʻtish "Sputnik V" ("Gam-KOVID-Vak") dlya vaktsinatsii
 Sputnik V (Gam-KOVID-Vak) dlya vaktsinatsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.02.2021
Yevropa dori vositalari agentligi (YEMA) Sputnik V” vaktsinasi yaratuvchilari bilan ilmiy maslahatlashuvlar oʻtkazgan.
TOSHKENT, 9 fev — Sputnik. Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi (RFPI) Yevropa Ittifoqida “Sputnik V” vaktsinasini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻridasi ariza berdi. Bryusselda uni qabul qilishdi. Bu haqda jamgʻarma matbuot xizmati Sputnik nashriga maʼlum qildi.
19 yanvar kuni Yevropa dori vositalari agentligi (YEMA) Sputnik V” vaktsinasi yaratuvchilari bilan ilmiy maslahatlashuvlar oʻtkazgan. Shundan soʻng YEIga vaktsinani roʻyxatdan oʻtkazish uchun ariza topshirish mumkin boʻlgan. Ariza 29 yanvar kuni topshirilgan.
Prezident RF V. Putin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.02.2021
Rossiya
Putin COVID-19ga qarshi vaktsina yaratishda Rossiyaning yetakchiligini qayd etdi
“Jamgʻarma Yevropa dori vositalari agentligi (YEMA)ning ariza qabul qilingani toʻgʻrisidagi rasmiy tasdigʻiga ega. Arizaning maʼqullash tezligi EMA tomonidan belgilanadi”, - deyilgan xabarda.
Yevropa "Sputnik V"ni tekshirib koʻrdi. Germaniya foyda olishga hozirlanmoqda
Gamaleya nomidagi markaz tomonidan Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi koʻmagida ishlab chiqarilgan "Sputnik V" vaktsinasi koronavirusga qarshi roʻyxatga olingan birinchi vaktsinadir: Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi 2020 yilning avgustida bu jarayonni amalga oshirgan.
Obroʻli tibbiyot jurnal hisoblangan “The Lancet” bir necha kun avval "Sputnik V" uchinchi bosqich tadqiqotlari natijalarini eʼlon qildi. Preparat yuqori samaradorlik, immunogenlik, xavfsizlik samaradorni namoyish etdi.
“Bloomberg” agentligi maqola chop qilingandan soʻng koʻplab mamlakatlar “Sputnik V” vaktsinasini xarid istagida navbatga turishgani va  “Sputnik V” vaktsinasini Rossiyaning SSSR davridan buyon eng yirik ilmiy yutugʻi ekani haqida yozdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala