Samarqandda 10ta yangi mehmonxona quriladi 

© Sputnik / StringerVid goroda Samarkand
Vid goroda Samarkand - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.02.2021
Samarqand tarixiy markazi va yodgorliklarini xalaqro aeroport, vokzal va avtostantsiya bilan bogʻlovchi yoʻllarni taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
TOSHKENT, 12 fev - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandning turizm imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan loyihalar bilan tanishib chiqdi. 
Unda aytilishiga koʻra, Samarqand ulkan turizm potentsialiga ega, shu sababli viloyatda turistik infratuzilmani rivojlantirish, xizmatlar sifati va sonini oshirish hamda turizmning ziyorat va boshqa turlarini rivojlantirish kerak.
Minaret i mechet Kalyan, medrese Miri-Arab (Buxara) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.02.2021
Oʻzbekistonliklar uchun ichki sayohatlar 40 foizgacha arzonlashtiriladi
Bugungi kunda ushbu ishlar jadal boshlab yuborilgan. Xususan Samarqandda 10ta yangi mehmonxona qurilmoqda. Ikkinchidan, Samarqand tumanida tumanida yangi turizm majmuasi qurilmoqda. Uning tarkibiga 8tazamonaviy mehmonxona, yirik konferents zal, restoran va park kiradi. 
Undan tashqari, Samarqand tarixiy markazini va yodgorliklarini xalqro aeroport, vokzal va avtostantsiya bilan bogʻlovchi yoʻllarni taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga shaharni obodonlashtirish, manzarali va mevali koʻchatlar ekish vazifasi qoʻyildi.
Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev 9 fevral kuni "Oʻzbekistonda ichki turizmni va ziyorat turizmini rivojlantirish toʻgʻrisidagi" qarorni imzolagan edi. 
Undan tashqari 2021 yilda Samarqandda SHHT sammiti boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Sammitga tayyorgarlik doirasida shahar hududida 300 ming tup manzarali daraxtlar va butalar ekish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala