Jamiyat

Saraton kasalligiga ishora qiluvchi beshta kutilmagan belgi

© Depositphotos / Sudok1 Snimok MRT mozga patsiyenta
Snimok MRT mozga patsiyenta  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.02.2021
Shifokorlar yuzaga kelayotgan xavfli oʻsimtaning beshta kutilmagan belgilarini sanab oʻtishdi, taʼkidlanishicha, odamlarning aksariyati ularga eʼtibor berishmaydi
TOSHKENT, 23 fev — Sputnik. Onkologik kasallik belgilarini erta bosqichda aniqlash juda murakkab, deb yozadi Express nashri.
Rakovыe kletki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.08.2020
Jamiyat
Saraton kasalligining 95 foiz sabablari aytildi
Taʼkidlanishicha, saraton kasalligining ayrim eng keng tarqalgan belgilari insonni yomon his qildirmaydi, shu boisdan aksariyat vaqtlarda ular eʼtibordan chetda qoladi.
Shifokorlar saraton kasalligining aksariyat odamlar umuman eʼtibor bermaydigan beshta kutilmagan belgilarini sanab oʻtdilar.
Gap ovqat yutishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar haqida bormoqda. Mutaxassislar soʻzlariga koʻra, bu belgi qiziloʻngach saratonidan dalolat beradi.
Salqib qolgan qovoqlar esa odatda oʻpkada xavfli oʻsimta yuzaga kelayotganidan darak beradi. Ovoz xirildoqligi tomoq (kekirdak) saratoniga ishora qiladi.
Devushka yedet na velosipede po Krыmskoy naberejnoy v Moskve. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.08.2020
Jamiyat
Shifokor insult, infarkt va saraton xavfini kamaytirishning oson yoʻlini aytdi
Shifokorlar qorinda muntazam dam yuzaga keladigan taqdirda tibbiy yordam uchun murojaat qilishni tavsiya etishadi, sababi, bunday belgi tuxumdonlar saratonidan darak berishi mumkin.
Bundan tashqari, peshob rangi oʻzgarishiga ham eʼtiborli boʻlish kerak. Mutaxassislarning ogohlantirishicha, tim-jigarrang peshob oshqozon osti bezi saratonidan, qizil rangdagi peshob esa - buyrak, qovuq yoki prostatada yuzaga kelayotgan onkologik kasalliklardan belgi boʻlishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala