Meteorolog: Qalin qorlar va "tropik" yomg‘irlar - yangi iqlimiy davr belgilari

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishZima
Zima - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2021
Obuna bo‘lish
Yaqin yillar ichida insoniyat yanada ko‘proq ob-havoning noodatiy o‘zgarishlariga guvoh bo‘ladi, chunki Yer yuziga yangi iqlimiy davr kirib kelmoqda - mutaxassis.
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Bu yilgi qishda kuchli sovuq va qalin qor yog‘ishi Yer yuziga yangi iqlimiy davr kirib kelishi bilan bog‘liq, dedi Moskva hududi meteoburosining bosh mutaxassisi Tatyana Pozdnyakova.
Zima - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.02.2021
Qor va yomg‘ir: o‘zbekistonliklarni sovuq ob-havo kutmoqda
“Tugayotgan Fevral oyi - juda noodatiy oy bo‘ldi. Unda sovuq havo va qalin qor yog‘ishi kuzatildi. Bu bizdagi odatiy fevral oyiga xos emas”, - dedi meteorolog.
Pozdnyakova aytishiga qaraganda Rossiyaning markaziy hududida anomal ob-havo fevral oxiriga qadar saqlanib qoladi.
“Bizni yana qalin qorlar, orada biroz havo isishi (0 darajagacha) keyin esa yana qattiq sovuqlar (-25 darajagacha)  bo‘lishi kutilmoqda” , - dedi Pozdnyakova.
Meteorolog aytishiga ko‘ra, ob-havoning ana shunday o‘zgarishi 2012-yilda ham kuzatilgan edi. Lekin sovuq havo va qalin qor yog‘ishi – bu Yer yuzida iqlim o‘zgarishidan darak berishi mumkin.
“Oldin siklonlar g‘arbdan sharqqa qarab harakat qilardi. Shu sababli shimolda qattiq sovuqlar, markaziy Rossiyada esa o‘rtacha sovuq harorat saqlanib turardi. Hozir esa – siklonlar shimoldan janubga va janubdan shimolga qarab harakatlanmoqda. Shu sababli biz qishda qalin qor yog‘ishi, bahor va kuzda esa – “tropik” yomg‘irlarni kuzatmoqdamiz”, - deydi meteorologiya mutaxassisi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, Yer yuzida atmosfera o‘zgarishlari yaqqol meridianaviy tus olgan. Bu esa – yangi iqlimiy davr kirib kelganidan darak beradi, - deb xulosa qildi Pozdnyakova.
Mutaxassis fikrga ko‘ra, ushbu yangi davr bugun boshlanmagan, bu 5-7 yil oldin boshlangan jarayondir va yaqin yillar insoniyat ichida ob-havoning noodatiy o‘zgarishlarini yanada ko‘proq kuzatishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0