Dunyoda

Armaniston Qurolli kuchlari Pashinyan isteʼfosini talab qildi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Fotobankka oʻtishPremyer-ministr Armenii Nikol Pashinyan
Premyer-ministr Armenii Nikol Pashinyan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.02.2021
Nikol Pashinyan boʻlib oʻtayotgan hodisalarni davlat toʻntarilishiga urinish deb atadi va tarafdorlarini Yerevandagi maydonga chiqishga davʼat etdi.
TOSHKENT, 25 fev — Sputnik. Armaniston Bosh shtabi bosh vazir Nikol Pashinyan isteʼfosini talab qildi. Bu haqda Sputnik Armaniston xabar qilmoqda.
Bayonotda yozilishicha, mamlakat Bosh shtabi shtab boshligʻining birinchi oʻrinbosari Tiran Xachatryanning lavozimidan ozod qilishini yuzasidan qatʼiy norozilik bildiradi.
Harbiylar uning ishdan olish toʻgʻrisidagi qaror Armaniston milliy va davlat manfaatlarini inobatga olmagan holda, faqat shaxsiy adovat asosida qabul qilingan deb hisoblashadi.
Raketnыy kompleks Iskander-M na tseremonii otkrыtiya Mejdunarodnogo voyenno-texnicheskogo foruma ARMIYA-2016 vo Vladivostoke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.02.2021
Analitika
Yaxshi raqqosga "Iskander"lar halal bermoqda
“Bunday ogʻir sharoitlarda bunday qaror davlatga qarshi va masʼulyatsizlik hisoblanadi”, - deyilgan bayonotda.
Bosh shtab Pashinyanni oʻz xalqiga qarshi kuch qoʻllashdan ogohlantirgan.
Pashinyan boʻlib oʻtayotgan hodisalarni davlat toʻntarilishiga urinish deb atadi va tarafdorlarini Yerevandagi maydonga chiqishga davʼat etdi.
Keyinchalik Armaniston bosh vaziri Qurolli kuchlar uning isteʼfosini talab qilgandan soʻng Bosh shtab boshligʻi Onik Gasparyanni lavozimidan ozod qilganini maʼlum qildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala