Jamiyat

Oʻzbekistonda nikohga kirish muddatini uzaytirish taklif etilmoqda

© Sputnik / AlexTikhomirovSvadebnыe koltsa
Svadebnыe koltsa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.02.2021
Taʼkidlanishicha, hozirgi kunda FHDYoga ariza topshirganidan soʻng bir oy oʻtib oila qurish mumkin. Vaholanki, bu muddatda ikki yosh hatto bir-birini tanib olishga ham ulgurmaydi, deyiladi xabarda
TOSHKENT, 27 fev - Sputnik. Jinoyat ishlari boʻyicha Yunusobod tumani sudi, Fuqarolik ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tumanlararo sudi, Toshkent tumanlararo maʼmuriy sudi hamda Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan jinoyatlarni jilovlash, jinoyatchilik profilaktikasini yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing tashkil qilindi, deb xabar beradi OʻzA.
Obruchalnыe koltsa na stole - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.12.2019
Jamiyat
Ajrimlar soni boʻyicha qoʻrqinchli raqamlar maʼlum qilindi. Buning sababi nima?
Maʼlum qilinishicha, Fuqarolik ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tumanlararo sudida 2020 yil davomida jami 11 276 fuqarolik ishi tamomlangan. Koʻrilgan ishlarning 7393 tasi bitimlarga doir nizolar boʻlsa, 1485 tasi nikohdan ajratish bilan bogʻliq boʻlgan. Qolganlarini mehnat, mulk huquqi va boshqalar tashkil etgan.
"Ajrashishning asosiy sabablaridan biri – aksariyat yoshlarimiz oila qurishga tayyor emas. Ajrimlar sonini kamaytirishga erishish va mustahkam oilani shakllantirish uchun nikohga kiruvchilarga eʼtibor kuchaytirilishi maqsadga muvofiq", — deyiladi xabarda.
Tadbirda nikohga kirish jarayonini murakkablashtirish zarurligi taklif etilgan.
Taʼkidlanishicha, hozirgi kunda FHDYoga ariza topshirganidan soʻng bir oy oʻtib oila qurish mumkin. Vaholanki, bu muddatda ikki yosh hatto bir-birini tanib olishga ham ulgurmaydi.
Shu bois nikohga kirish muddatini bir oy emas, uch oyga uzaytirish lozimligi taʼkidlangan. Nikohdan oʻtib, soʻng farzandini tirik yetim qilgandan koʻra, uch oylik muddatda bir-biriga maʼqul kelmasa, oʻz yoʻlida davom etgani maʼqul.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala