Turizm

Mamlakat boʻylab sayohat uchun chegirmalar va turistik yigʻim miqdori tasdiqlandi

© Sputnik / Mariya NaumenkoNa territorii kreposti Ichan-Kala v Xive
Na territorii kreposti Ichan-Kala v Xive - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.03.2021
Hukumat qarori bilan ichki sayohatlarga 50 foizgacha subsidiyalar berish tartibi va joylashtirish vositalaridan undiriladigan mahalliy turistik yigʻim miqdori tasdiqlandi.
TOSHKENT, 1 mar — Sputnik. Vazirlar Mahkamasi oʻz qarori bilan Oʻzbekiston fuqarolari va Oʻzbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan joylashtirish vositasidan undiriladigan turistik (mehmonxona) yigʻim miqdorini tasdiqladi. Bu bazaviy hisoblash miqdorining 0,4 foizi yoki 980 soʻmni tashkil etadi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xabar qilmoqda.
Minaret i mechet Kalyan, medrese Miri-Arab (Buxara) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.02.2021
Turizm
Oʻzbekistonliklar uchun ichki sayohatlar 40 foizgacha arzonlashtiriladi
Yigʻim prezidentning fevralda imzolagan farmoni bilan joriy etilgan va 1 martdan yashagan har bir kun uchun toʻlanadi. Yigʻimdan tushgan mablagʻlar ichki turizmni targʻib qilish va ragʻbatlantirish, turizm mavsumi past boʻlgan davrda joylashtirish vositalarining bandligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi. Bunga qadar turistik yigʻim faqat chet elliklardan undirilgan.
Shuningdek, hukumat qarori bilan Oʻzbekiston boʻylab sayohat uchun xarajatlarning bir qismini qoplash tartibi belgilangan.
Yangi yoʻlga qoʻyilayotgan aviaqatnovlarga chiptalar 25 foiz arzon sotilib, ushbu chipta turoperatorlar orqali xarid qilinsa yana 15 foiz va umumiy 40 foiz chegirma taqdim etiladi. Shuningdek, turoperatorlar orqali xarid qilingan temiryoʻl chiptalariga 15 foiz, mehmonxona xizmatlariga 10 foiz qoʻshimcha chegirmalar berilishi belgilab berildi.
“Fargʻona vodiysidan qadimiy Xiva shahriga sayohat” turpaketini 5 kishidan iborat bir oila 6,6 mln soʻmga (avia va mehmonxona xizmati)  xarid qilganda turoperatorlar tomonidan davlat subsidiyasi hisobiga fuqarolarimizga 2 mln soʻm chegirmalar berilib, 4,6 mln soʻmni tashkil etadi. Bunda, subsidiyalanadigan avia va temir yoʻl yoʻnalishlari, shuningdek, aviachipta hamda joylashtirish vositalarining mehmonxona xizmatlari narxlarining subsidiyaladigan eng yuqori (cheklangan) darajasi (summasi) Maxsus komissiya tomonidan belgilanadi.
2020 yilda turizm sohasida joriy etilgan soliq imtiyozlari 2021 yil oxiriga qadar uzaytirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala