Kolumnistlar

Vaktsina va siyosat: Yevropaga kirish uchun qanday vaktsina kerak?

© AFP / KIRILL KUDRYAVTSEVRossiyskaya vaktsina Spuntik V
Rossiyskaya vaktsina Spuntik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.03.2021
Yevropada oʻzini Rossiyadan chegaralash gʻoyalari tarafdorlaridan tashqari tus sayyohalarini orziqib kutayotgan Italiya, Frantsiya, Ispaniya, Gretsiya va boshqalar ham bor.
Yevropa Ittifoqi diplomatik muassasalari rahbarlari YEIga kirish uchun emlanish sertifikati tartibini joriy etish kerakligi taklifini maʼqullashdi. Bu haqida ushbu majlis yakuniga koʻra, Angela Merkel xabar qildi. Hozircha gapi printsipial rozilik haqida ketmoqda, batafsil qonun loyihasi 3 oydan soʻng paydo boʻladi.
Proizvodstvo vaktsinы Sputnik V  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.02.2021
Jamiyat
Oʻzbekiston hukumati 8 ta yirik vaktsina ishlab chiqaruvchiga murojaat etgan - Behzod Musayev
Har doim eng qiziq maʼlumot tafsilotlarida boʻladi. Vaktsina pasportiga doir yangi qonun ham bundan mustasno emas.
Birinchi navbatda, tibbiy koʻrsatgichlariga koʻra vaktsina olishi mumkin boʻlmagan odamlar nima qilishi kerak? Agar kishi yaqinda koronavirus bilan kasallanib tuzalgan boʻlsa – boshqa gap, birozdan soʻng vaktsina olishi mumkin. Surunkali kasalikka chalinganlar nima qilishi kerak?  Axir vaktsina pasporti joriy etilsa ularning Yevropa boʻylab harakatlanish erkinligi huquqlari buzilmaydimi?
Yoki, surunkali kasallikka chalinganlar yaqinda oʻzlari ham oʻlib ketadi. Odam yoʻqmi – muammo ham yoʻq. Umuman kasallarga Yevropa boʻylab kezib yurishni kim qoʻyibdi?
Lekin ish bu bilan cheklanmaydi. Hozir dunyoda bir necha vaktsina bor, yaqinda ularning soni yanada koʻpayadi. Xoʻsh, qaysi vaktsinalarga birinchi navbatda YEI sertifikati beriladi?
Pfizer/BioNTech, Moderna, AstraZeneca - yevroatlantik uchlikda bu borada muammo boʻlmaydi shekilli. “Pfayzer oldingmi – mana senga ausvays", qabilidi ish tutiladi shekilli. Lekin Rossiya vaktsinasi ("Sputnik V" yoki "EpiVakKorona") yo boʻlmasa Xitoyning Sinovac Biotech, CanSino Biologics, CNBG — Sinopharm vaktsinalaridan birortasini olganlar uchun toʻsiqlar oʻrnatilishi mumkin. Ular qanchalik samarali va bezarar boʻlmasin, lekin Bryussel ularni rasman tasdiqlamas ekan, ular bilan emlangan fuqarolar chegaralarni kesib oʻtishga ruxsat ola olmaydi.
Chunki demokratik boʻlmagan  mamlkatlardan kelib chiqqan vaktsinalarning foydali yoki zararligi masalasi – nafaqat tibbiy, balkim siyosiy masala ham.  Ishga siyosat aralashsa nima boʻlishi aniq - “demokratiyani olgʻa surish bahonasida totalitar rejim joriy etiladi. Buni biz
Prezident RF V. Putin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.02.2021
Dunyoda
Putin COVID-19ga qarshi vaktsina yaratishda Rossiyaning yetakchiligini qayd etdi
"Shimoliy oqim — 2" misolida yaqqol koʻrib turibmiz. Guyoki rossiyaning uglevodorodi "Tsiklon-B"dan koʻra zaharliroqdek.
Maʼlumki, “geometriya teoremalari inson manfaatlariga taʼsir qilganida edi ular uchun urushlar sodir boʻlardi”. Nodemokratik mamlakat vaktsinasini tan olmasdan xorijiy davlatga noqulaylik tugʻdirish mumkin boʻlsa – nega bu ishni qilmaslik kerak?
Yaqinda, (17 fevral) Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen shunday degan edi: "Rossiyaning emlash strategiyasi juda gʻalati – oʻz aholisini emlashda yetarli progressga erishmasdan turib nega Rossiya boshqalarga millionlab doza vaktsina taklif qilmoqda? Bu savolga javob berilishi kerak”.
"Yetarli progress" degani nima ekanini tushunish qiyin. Yevropaning oʻzida progress yetarli boʻlmasa, bu masala Yevropa tomonidan koʻtarilishi qanchalik toʻgʻri boʻladi?  Nima sababdan Vengriya  "Sputnik" vaktsinasini sotib olmoqda? Har qadamda "Pfayzer" emlash punktlari boʻlganda Chexiya, Avstriya va Italiya ham "Sputnik V" sotib olishga qiziqmagan boʻlardi.
Balkim frau Ursula XIX asar oxiridagi bugʻdoy eksporti bilan bogʻliq vaziyatni esga olgandir. Oʻsha vaqtda Rossiyada “oʻzimiz toʻymasak ham eksport qilamiz” printsipi asosida ishlagan. Nahotki bugungi Rossiya Tibbiyot vazirligi 19 asr oxirida Rossiya moliya vaziri boʻlgan Vыshnegradskiydan oʻrnak olgan?
Ikkinchidan, bu masalaning Rossiya vaktsinasi samarali yoki foydasiz ekaniga nima aloqasi bor? Vaktsina yoki samarali yo samarasiz boʻlishi mumkin, lekin Rossiyada aholi emlanishi “yetarli  progressga” erishish masalasining Bryusselga nima aloqasi bor?
Vaktsinatsiya v OAE - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.02.2021
Jamiyat
Har qanday vaktsina halolmi? Dindorlar nega vaktsinaga qarshi chiqmoqda?
Agar maqsad – nima qilib boʻlsa ham Rossiya vaktsinasini obroʻysizlantirish boʻlsa - bu boshqa gap. Xususan, Rossiya vaktsinasi bilan emlanganlarga viza sertifikat bermasdan. Bularning brachasi “temir parda” muammolarrini eslatadi. Oʻsha vaqtlar bunday choralar odatiy holdek qabuld qilinishi mumkin edi.
Albatta, hamm narsa Ursula va uning tarafdorlarigaga bogʻliq emas, Lekin Yevropada nima qilib boʻlsa ham Rossiyadan oʻzini chegaralash gʻoyasidan oʻzgacha fikrlaydiganlar ham bor.
Masalan Rossiyalik turistlarni orziqib kutayotgan Italiya, Frantsiya, Ispaniya, Gretsiya va boshqalar. Ushbu mamalkatlarda turizm  mamlakat YAIMining 15%gacha taʼminlaydi. Ularning aholisi rossiyalik turistlar qaytishini jonu-dili bilan istaydi. Bu borada frau fon der Lyayenning gʻoyalaridan koʻra oʻz hamyonlari ular uchun muhimroq.
Albatta yevropaliklarni Ittifoqning bosh mafkurachisi Suslov M.A.ning soʻzlari bilan yupantirish mumkin - “Biz mafkura uchun mablagʻ ayamaymiz”, jumladan viza sertifikatlari uchun ham. Lekin uzoq vaqt davomida bunday siyosat olib borish turli noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Uch oydan soʻng qaysi vaktsina Yevropada “ishonchli” deb tasdiqlanishi,  frau fon der Suslov va “it boʻlsa ham mayli, tuxum tugʻsa boʻldi” printsipi asosida yashaydiganlar orasida turli tortishuvlar keltirib chiqarishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala