Jamiyat

Oʻzbekistonda moddiy ahvoli ogʻir ayollarga bepul sayohat uyushtirilmoqda

© UzATuristы v Uzbekistane
Turistы v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.03.2021
Ayni kunda respublikaning barcha hududlarida ijtimoiy, huquqiy va psixologik qoʻllab-quvvatlashga muhtoj, bilim va kasb oʻrganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bor boʻlgan ishsiz xotin-qizlar muammolarini hal etish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda
TOSHKENT, 3 mar - Sputnik. Kasaba uyushmalari Federatsiyasi "Ayollar daftari"ga kirgan xotin-qizlar uchun bepul sayohatlar tashkil etmoqda. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati rahbari Muhabbat Oʻrmonbekova xabar qildi.
Selskiye jenщinы Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.10.2020
Jamiyat
Yangi tizim: Oʻzbekistonda ishsiz ayollar daftari shakllantiriladi
Xususan, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan respublikaning turli hududlarida yashovchi, "Ayollar daftari"ga kirgan ayollar uchun Xorazm viloyatidagi tarixiy obidalar boʻylab bepul sayohatlar tashkil etilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi mutasaddiligida Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda tegishli masʼul tashkilotlar rahbarlari tarkibida "Ayollar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha respublika komissiyasi" faoliyati yoʻlga qoʻyilib, "Ayollar daftari"ni shakllantirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ayni kunda respublikaning barcha hududlarida mazkur daftarga kiritilgan ijtimoiy, huquqiy va psixologik qoʻllab-quvvatlashga muhtoj, bilim va kasb oʻrganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bor boʻlgan ishsiz xotin-qizlar muammolarini hal etish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, "Ayollar daftari"ga 30 yoshdan oshgan 9 toifadagi, yaʼni ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan ishsiz, boquvchisini yoʻqotgan ehtiyojmand, ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan, uy-joyini taʼmirlashga muhtoj I guruh nogironligi boʻlgan, noturar joylarda istiqomat qilayotgan, qaramogʻida bir va undan ortiq I yoki II guruh nogironligi boʻlgan farzandlari mavjud yolgʻiz ayollar, shuningdek, tibbiy himoya, huquqiy yordam va psixologik maslahatga muhtoj ehtiyojmand ayollar aniqlanib, ularga joyida amaliy yordam koʻrsatilmoqda.
Respublika darajasida hal etiladigan muammolar boʻyicha esa "Yoʻl xaritalari" tuzilib, koʻplab masalalarga yechim topilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala