https://oz.sputniknews-uz.com/20210304/Abadiy-koronavirusning-ilk-olatlari-anilandi-Shifokorlar-ayratda-16128228.html
"Abadiy koronavirus"ning ilk holatlari aniqlandi. Shifokorlar hayratda
"Abadiy koronavirus"ning ilk holatlari aniqlandi. Shifokorlar hayratda
Shifokorlar ayrim bemorlar nega "abadiy" koronavirusga chalinishlari va bunday turdagi infektsiyani yuqtirmaslik yoʻllari haqida maʼlumot berdilar 04.03.2021, Sputnik Oʻzbekiston
2021-03-04T14:50+0500
2021-03-04T14:50+0500
2021-03-04T14:50+0500
yangiliklar
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/01/05/15732674_0:0:2876:1619_1920x0_80_0_0_c983ba8b90585c8bb7cd9d95a7313d61.jpg
TOSHKENT, 4 mar — Sputnik. AQShlik shifokorlar birinchi marotaba bir nechta bemorlarda "abadiy" koronavirusni aniqladilar. Bu haqda medRxiv portali xabar bermoqda.Janubiy Kaliforniya universiteti mutaxassislari koronavirus bilan bemorlangan uch nafar insonning kasallik davri yarim yildan ortiq vaqt davom etayotganini aniqladilar.Tadqiqot davomida shifokorlar bu nima evaziga roʻy berayotganini aniqlashdi. medRxiv portali maʼlumotlariga koʻra, ushbu bemorlar ogʻir kasalliklardan aziyat chekmoqda. Masalan, bir oʻsmir va bogʻcha yoshidagi oʻgʻil va qizaloqda leykemiya kasalligi qayd etilgan boʻlib, bu dard ularga koronavirusdan tezda sogʻayib ketishlariga imkon qoldirmagan."Immuniteti sust, SARS-CoV-2ga chalingan odamlar mutatsiyalar toʻplanishi va kelgusida immun reaktsiyalarga qarshilik koʻrsata oladigan yangi shtammlar paydo boʻlishi uchun rezervuar sifatida xizmat qilishlari mumkin, degan tashvish tobora ortmoqda". - deydi mutaxassislar.Tadqiqotchilar xulosalariga koʻra, immun tizimi yupqalashgan odamlar koronavirus oldida oʻta moʻrt boʻlib qoladilar.Shu bilan birga, shifokorlar soʻzlariga koʻra, koronavirus organizmda uzoq vaqt davomida boʻla turib, faol ravishda oʻzgara boshlaydi. Shu tufayli koʻplab mutatsiyalar paydo boʻlib, ular infektsiyalarga antitanachalar hujumidan omon qolishga yordam beradi.Shu tariqa, bemorlar, yarim yil davomida infektsiyaga chalinishlari mumkin. Bemorlardan biri hatto unda koronavirus aniqlanganining 250-kunida ham yuqumlilik ehtimolini saqlab qolgan.Shifokorlarning taʼkidlashlaricha, bu singari kasalliklar boʻlmasa inson COVID-19ni 10 kun davomida tarqatishi mumkin.
https://oz.sputniknews-uz.com/20210202/Koronavirus-erkaklarda-bepushtlikni-keltirib-chiarishi-mumkin-15918110.html
https://oz.sputniknews-uz.com/20210201/Koronavirusning-britancha-shtammi-alomatlari-15910296.html
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/01/05/15732674_145:0:2876:2048_1920x0_80_0_0_2223ae3537c2fe3e659cd25b1352395c.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
yangiliklar
"Abadiy koronavirus"ning ilk holatlari aniqlandi. Shifokorlar hayratda
Shifokorlar ayrim bemorlar nega "abadiy" koronavirusga chalinishlari va bunday turdagi infektsiyani yuqtirmaslik yoʻllari haqida maʼlumot berdilar
TOSHKENT, 4 mar — Sputnik. AQShlik shifokorlar birinchi marotaba bir nechta bemorlarda "abadiy" koronavirusni aniqladilar. Bu haqda medRxiv portali xabar bermoqda.
Janubiy Kaliforniya universiteti mutaxassislari koronavirus bilan bemorlangan uch nafar insonning kasallik davri yarim yildan ortiq vaqt davom etayotganini aniqladilar.
Tadqiqot davomida shifokorlar bu nima evaziga roʻy berayotganini aniqlashdi. medRxiv portali maʼlumotlariga koʻra, ushbu bemorlar ogʻir kasalliklardan aziyat chekmoqda. Masalan, bir oʻsmir va bogʻcha yoshidagi oʻgʻil va qizaloqda leykemiya kasalligi qayd etilgan boʻlib, bu dard ularga koronavirusdan tezda sogʻayib ketishlariga imkon qoldirmagan.
"Immuniteti sust, SARS-CoV-2ga chalingan odamlar mutatsiyalar toʻplanishi va kelgusida immun reaktsiyalarga qarshilik koʻrsata oladigan yangi shtammlar paydo boʻlishi uchun rezervuar sifatida xizmat qilishlari mumkin, degan tashvish tobora ortmoqda". - deydi mutaxassislar.
Tadqiqotchilar xulosalariga koʻra, immun tizimi yupqalashgan odamlar koronavirus oldida oʻta moʻrt boʻlib qoladilar.
Shu bilan birga, shifokorlar soʻzlariga koʻra, koronavirus organizmda uzoq vaqt davomida boʻla turib, faol ravishda oʻzgara boshlaydi. Shu tufayli koʻplab mutatsiyalar paydo boʻlib, ular infektsiyalarga antitanachalar hujumidan omon qolishga yordam beradi.
Shu tariqa, bemorlar, yarim yil davomida infektsiyaga chalinishlari mumkin. Bemorlardan biri hatto unda koronavirus aniqlanganining 250-kunida ham yuqumlilik ehtimolini saqlab qolgan.
Shifokorlarning taʼkidlashlaricha, bu singari kasalliklar boʻlmasa inson COVID-19ni 10 kun davomida tarqatishi mumkin.