Jamiyat

Andijonda homilador ayolni elektroshoker yordamida talon-taroj qilishdi

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovElektroshoker
Elektroshoker - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.03.2021
Jinoyat kodeksi normalariga koʻra, jinoyatni sodir etgan shaxs 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
TOSHKENT, 4 mar - Sputnik. Andijon viloyatida homilador ayolga nisbatan elektroshoker ishlatib, bosqinchilik sodir etgan shaxs ushlandi, deb xabar bermoqda  Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.
ruki naruchniki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.02.2018
Hodisalar
Toshkentdagi hujum: bosqinchilar elektroshoker va pnevmatik toʻpponchadan foydalanishdi
Hodisa 2 mart kuni kunduzi roʻy bergan. Elektroshoker bilan qurollangan, yuziga niqob taqqan nomaʼlum shaxs Marhamat tumanidagi mahallalarning birida yashovchi homilador ayol - 28 yoshli Nilufarning xonadoniga kirib borgan.
Talonchi ayoldan tilla-taqinchoqlarni talab qilib, elektroshoker bilan hujum qilgan. Soʻngra devordan oshib xonadondan qochib ketayotgan vaqtda mahallada yashovchi fuqarolar tomonidan ushlangan.  
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni 26 yoshli Mansurbek M. sodir qilganligi aniqlanib, tilla-taqinchoqlar va elektroshoker ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Marhamat tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan Mansurbek M.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (Bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Hozirda tergov davom etmoqda.
Taʼkidlash joizki, Jinoyat kodeksining normalariga koʻra, jinoyatni sodir etgan shaxs 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin, deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala