Migratsiya

Bosh konsul Moskva viloyatidagi chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markazida boʻldi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Fotobankka oʻtishXostel
Xostel - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.03.2021
Valijon Niyozxoʻjayev u yerdagi 18 nafar Oʻzbekiston fuqarosi holidan xabar oldi. Ularning Vatanga qaytish va boshqa muhim hujjatlarni rasmiylashtirish boʻyicha zarur choralar koʻrilishini bildirdi.
TOSHKENT, 4 mar — Sputnik. Oʻzbekiston bosh konsuli Valijon Niyozxoʻjayev Rossiya IIV Moskva shahar bosh boshqarmasining Moskva viloyati, Podolsk shahrida joylashgan Chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markazida boʻldi.
“Dunyo” AA xabariga koʻra, markaz rahbari Aleksey Lagoda respublika tomonidan chet elda boʻlib turgan va ogʻir ahvolda qolgan fuqarolar huquqlarini himoya qilish boʻyicha olib borilayotgan ishlarni yuqori baholadi.
Mnogofunktsionalnыy migratsionnыy tsentr g. Moskvы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.03.2021
Migratsiya
Toshkentda Rossiya Migratsiya markazi mart oyida ochilishi mumkin
U elchixonaga Markazda boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari haqida maʼlumot taqdim qilib turish, ularning huquqlari buzilishining oldini olish va mavjud muammolarga oʻz vaqtida javob topishga tayyorligini bildirdi.
Bosh konsul ushbu muassasada boʻlib turgan 18 nafar Oʻzbekiston fuqarosi bilan  suhbatlashdi.  Ular uchun yaratilgan sharoit (sport zali va futbol maydonchasi, kutubxona), tibbiy koʻrik, oziq-ovqat bilan oʻz vaqtida taʼminlanish masalalarini oʻrgandi.
Vatandoshlar bilan uchrashuv yakunida elchixona konsullik boʻlimi tomonidan ularning Vatanga qaytish, huquq va manfaatlarini himoya qilish bilan bogʻliq sertifikat va boshqa muhim hujjatlarni rasmiylashtirish boʻyicha zarur choralar koʻrilishini bildirildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala