Dunyoda

Yevropa Ittifoqi “Sputnik V” vaktsinasi ekspertizasini boshladi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishV Kazaxstane nachalos proizvodstvo vaktsinы Sputnik V
V Kazaxstane nachalos proizvodstvo vaktsinы Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.03.2021
Yevropada Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasining ekspertizasi boshlandi. Hozircha YEIning ikki mamlakati EMA maʼqullashini kutib oʻtirmasdan vaktsinani roʻyxatdan oʻtkazgan.
TOSHKENT, 4 mar — Sputnik. Yevropa dori vositalari agentligi (YEMA) Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasining roʻyxatga olingan hujjatlarining ekspertizasini boshladi. Bu haqda Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi xabar qildi.
Shprits i ampula na fone logotipa Sputnik V. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.03.2021
Oʻzbekistonda Sputnik V vaktsinasi bilan emlash ishlari mart oyida boshlanadi - Qurbonov
Qaror kattalarda oʻtkazilgan laboratoriya va klinik tadqiqotlar natijalarini inobatga olgan holda qabul qilingan.
“EMA “Sputnik V” vaktsinasining YEI tomonidan oʻrnatilgan samaradorlik, xavfsizlik va sifat boʻyicha standartlarga mos kelishini baholaydi”, - deyilgan xabarda.
“Sputnik V” dunyoda foydalanishga ruxsat berilgan koronavirusga qarshi dunyo vaktsinalarining yetakchi uchligiga kiradi. Vaktsinani roʻyxatdan oʻtkazgan 42 ta mamlakatning jami aholisi 1,1 milliarddan ziyodni tashkil etadi. YEIning ikki mamlakati EMA maʼqullashini kutib oʻtirmasdan uni roʻyxatdan oʻtkazdi. Vengriya va Slovakiya hukumati shunday qaror qabul qildi. Fevral oxirida Chexiya prezidenti Milosh Zeman ham mamlakatga “Sputnik V”ni yetkazib berishni soʻragandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala