https://oz.sputniknews-uz.com/20210304/Prezident-bir-kvadrat-metr-uy-narxini-4-mln-somdan-oshirmaslik-boyicha-topshiriq-berdi-16124261.html
Prezident bir kvadrat metr uy narxini 4 mln soʻmdan oshirmaslik boʻyicha topshiriq berdi
Prezident bir kvadrat metr uy narxini 4 mln soʻmdan oshirmaslik boʻyicha topshiriq berdi
Shavkat Mirziyoyev eng katta masal bu uy-joylarning narxini adolatli shakllantirish ekanini qayd etdi. Uning soʻzlariga koʻra, bugungi narx-navodan odamlar rozi emas... 04.03.2021, Sputnik Oʻzbekiston
2021-03-04T12:32+0500
2021-03-04T12:32+0500
2021-03-04T12:36+0500
uy
yangi uylar
shavkat mirziyoyev
iqtisod
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/1418/31/14183192_0:134:1280:858_1920x0_80_0_0_a0fe85aed72c34b23f478264ebcc30a3.jpg
TOSHKENT, 4 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev hokimlar bir kvadrat metr uy narxini 4 mln soʻmdan oshirmaslik uchun zarur choralarni koʻrishi kerakligini taʼkidladi. Bu haqda davlat rahbari uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirish chora-tadbirlari boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida maʼlum qildi.Mirziyoyevning soʻzlariga koʻra, bunda har bir tuman, shahar va viloyat hokimi oʻz hududidagi qurilish ichiga kirib, qaysi qurilish materiallarini arzonroq va yaqinroqdan olish mumkin, tsement va metall narxini qanday pasaytirsa boʻladi, degan savollarning javobini topishi kerak.“Hozirgi qurilish tannarxida temirbeton ishlari — 32 foiz, boʻyoq va bezatish — 28 foiz, obodonlashtirish — 8 foiz, elektromontaj ishlari 5 foizni tashkil etadi. Misol uchun," betonniy uzel" qoʻyib, qurilish uchun betonni arzon va sifatli taʼminlash, bazalt izolyatsiyasi, gazobeton bloklarini joylarda ishlab chiqarish orqali tannarxni kamaytirish boʻyicha qaysi hokim bosh qotiryapti?”, - deya savol bilan yuzlandi u.“Har bir viloyat, tuman va shahar hokimi ikki hafta muddatda oʻz hududida quruvchilar, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar, banklarni yigʻib, aniq kalkulyatsiyalarni ishlab chiqishi kerak. "Oʻzstandart" agentligi bir oy muddatda joylarga chiqib, har bir hududda gazobeton ishlab chiqaruvchilarni standartlarga oʻrgatib, mahsulotlarini sertifikatlash dasturini amalga oshiradi”, - dedi Mirziyoyev.Prezident aholining barcha qatlamlarini uy-joy bilan taʼminlash, bu borada tanlash imkoniyatini kengaytirish zarurligini taʼkidladi.Shu maqsadda joriy yilda 54 ming oilani uy-joy bilan taʼminlash moʻljallanmoqda. Jumladan, davlat ipoteka dasturi doirasida jami 45 mingta uy quriladi.
https://oz.sputniknews-uz.com/20210215/Shermatov-yangi-uriladigan-uy-zhoy-komplekslari-orasida-maktab-am-urib-beriladi-16000542.html
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/1418/31/14183192_0:74:1280:878_1920x0_80_0_0_bb0ff85c5b3784f3da6a2c73b68770a0.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
uy, yangi uylar, shavkat mirziyoyev
Prezident bir kvadrat metr uy narxini 4 mln soʻmdan oshirmaslik boʻyicha topshiriq berdi
12:32 04.03.2021 (yangilandi: 12:36 04.03.2021) Shavkat Mirziyoyev eng katta masal bu uy-joylarning narxini adolatli shakllantirish ekanini qayd etdi. Uning soʻzlariga koʻra, bugungi narx-navodan odamlar rozi emas va hokimlar buning ichiga kirmagani ham rost.
TOSHKENT, 4 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev hokimlar bir kvadrat metr uy narxini 4 mln soʻmdan oshirmaslik uchun zarur choralarni koʻrishi kerakligini taʼkidladi. Bu haqda davlat rahbari uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirish chora-tadbirlari boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida
maʼlum qildi.
“Eng katta masala — bu uy-joylarning narxini adolatli shakllantirish. Bugungi narx-navodan odamlarimiz rozi emas va hokimlar buning ichiga kirmagani ham rost. Shuning uchun, viloyat va tuman hokimlari bir kvadrat metr uy narxini 4 million soʻmdan oshirmaslik uchun barcha zarur choralarni koʻrishi kerak”, - dedi prezident.
Mirziyoyevning soʻzlariga koʻra, bunda har bir tuman, shahar va viloyat hokimi oʻz hududidagi qurilish ichiga kirib, qaysi qurilish materiallarini arzonroq va yaqinroqdan olish mumkin, tsement va metall narxini qanday pasaytirsa boʻladi, degan savollarning javobini topishi kerak.
“Hozirgi qurilish tannarxida temirbeton ishlari — 32 foiz, boʻyoq va bezatish — 28 foiz, obodonlashtirish — 8 foiz, elektromontaj ishlari 5 foizni tashkil etadi. Misol uchun," betonniy uzel" qoʻyib, qurilish uchun betonni arzon va sifatli taʼminlash, bazalt izolyatsiyasi, gazobeton bloklarini joylarda ishlab chiqarish orqali tannarxni kamaytirish boʻyicha qaysi hokim bosh qotiryapti?”, - deya savol bilan yuzlandi u.
“Har bir viloyat, tuman va shahar hokimi ikki hafta muddatda oʻz hududida quruvchilar, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar, banklarni yigʻib, aniq kalkulyatsiyalarni ishlab chiqishi kerak. "Oʻzstandart" agentligi bir oy muddatda joylarga chiqib, har bir hududda gazobeton ishlab chiqaruvchilarni standartlarga oʻrgatib, mahsulotlarini sertifikatlash dasturini amalga oshiradi”, - dedi Mirziyoyev.
Prezident aholining barcha qatlamlarini uy-joy bilan taʼminlash, bu borada tanlash imkoniyatini kengaytirish zarurligini taʼkidladi.
Shu maqsadda joriy yilda 54 ming oilani uy-joy bilan taʼminlash moʻljallanmoqda. Jumladan, davlat ipoteka dasturi doirasida jami 45 mingta uy quriladi.