Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Jamiyat

Mirziyoyev Milliy gvardiya oʻquv markazlariga oid qarorni imzoladi

© Press-slujba Natsionalnoy gvardiiMVD i Natsgvardiya proveli sovmestnыe ucheniya
MVD i Natsgvardiya proveli sovmestnыe ucheniya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.03.2021
Shavkat Mirziyoyev “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining oʻquv markazlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.
TOSHKENT, 5 mar — Sputnik. “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining oʻquv markazlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi. 
Avtomobil natsionalnoy gvardii Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2021
Siyosat
Milliy gvardiya mamlakatni “yangicha” qoʻriqlaydi – asosiy oʻzgarishlar
Qarorga koʻra:
- Nukus shahrida Milliy gvardiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazi tashkil etildi;
- Milliy gvardiyaning Fargʻona oʻquv markazi Fargʻona mintaqaviy oʻquv markaziga, Dashtobod oʻquv markazi esa Milliy gvardiyaning Jizzax mintaqaviy oʻquv markaziga aylantirildi.
Mazkur mintaqaviy oʻquv markazlarida harbiy xizmatchi va xodimlarni boshlangʻich tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv jarayoni quyidagi hududlarga taqsimlangan holda taʼminlanadi:
- Milliy gvardiyaning Fargʻona mintaqaviy oʻquv markazi – Toshkent shahri, Toshkent, Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar uchun;
Militsiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.02.2021
Toshkentda "Milliy gvardiya xodimiman", deb maqtangan yigitni urib oʻldirishdi
- Milliy gvardiyaning Jizzax mintaqaviy oʻquv markazi – Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar uchun;
- Milliy gvardiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazi – Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Navoiy va Buxoro viloyatlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar uchun.
Mintaqaviy oʻquv markazlarining rahbar va pedagoglar tarkibini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Milliy gvardiyaning Harbiy-texnik institutida hamda boshqa vazirlik va idoralarning oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida amalga oshiriladi.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan haftada prezident Shavkat Mirziyoyev “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasining faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni imzolagandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala