Yana bir davlat Oʻzbekiston fuqarolari uchun oʻz chegaralarini ochdi

© Sputnik / StringerTorjestvennaya vstrecha novogo Boeing 787 Dreamliner v Tashkente
Torjestvennaya vstrecha novogo Boeing 787 Dreamliner v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.03.2021
Beshinchi martdan eʼtiboran Oʻzbekiston fuqarolariga yana bir davlatga kirib borishga ruxsat berildi. Avia-chegarani koronavirus yoʻqligini tasdiqlovchi PTSR-test bilangina kesib oʻtish mumkin
TOSHKENT, 5 mar — Sputnik. Gruziya Oʻzbekiston fuqarolariga PTSR-test mavjud boʻlgan taqdirda chegarani kesib oʻtishga ruxsat berdi. Bu haqda mamlakat hukumati saytida xabar berilgan.
Aeroport Vnukovo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.03.2021
Jamiyat
Vnukovo aeroporti Oʻzbekistondan parvozlar aprel-may oyida qayta tiklanishiga umid qilmoqda
Aniqlik kiritilishicha, Oʻzbekiston fuqarolari qoʻllarida salbiy javobli test bilan kelgan boʻlishlari va PTSR-test Gruziyaga uchishdan 72 soat oldin amalga oshirilgan boʻlishi shart.
Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili koronavirus infektsiyasi aniqlanmagan taqdirda respublikaga kirib kelishlariga ruxsat berilgan mamlakatlar fuqarolari roʻyxatini kengaytirish toʻgʻrisida qarorni imzoladi.
Ushbu roʻyxatdan Markaziy Osiyoning toʻrtta davlati oʻrin oldi.
"Gruziyaga havo chegarasi orqali Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston fuqarolari kirishlari mumkin", - deyiladi xabarda.
Ilgariroq, 1 martdan Gruziyaga Qozogʻiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus va Rossiya fuqarolariga kirishga ruxsat berilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala