Hodisalar

Toshkentda 10 yashar bolaga nisbatan tegajogʻlik qilgan taksichi ustidan jinoiy ish ochildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina DPS
Mashina DPS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.03.2021
Chilonzor tumanida 10 yoshli oʻgʻil bolaga nisbatan fahsh harakatlar qilgan taksi haydovchisi qidirilmoqda. Holat Toshkent shahar IIBB rahbariyatining nazoratiga olingan.
TOSHKENT, 7 mar — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Chilonzor tumanida voyaga yetmagan 10 yoshli oʻgʻil bolaga nisbatan fahsh harakatlar qilgan taksi haydovchisi haqida xabar tarqalmoqda. Toshkent shahar IIBB mazkur holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Zaderjan mujchina, kotorыy v Yangiyule popыtalsya poxitit 8-letnyuyu devochku - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.02.2021
Hodisalar
Yangiyoʻlda 8 yoshli qizni oʻgʻirlamoqchi boʻlgan erkak ushlandi: u ilgari sudlangan
Maʼlum qilinishicha, 28 fevral kuni Chilonzor tumani Ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga 30 yoshli B.J. murojaat qilgan. Fuqaro oʻz arizasida uning 10 yoshli oʻgʻliga nisbatan fahsh harakatlar qilgan taksichiga nisbatan chora koʻrishni soʻragan. Otaning murojaatidan soʻng mazkur fakt Toshkent shahar IIBB rahbariyatining nazoratiga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 129-moddasi 1-qismi (oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.
Gumonlanuvchining shaxsini va holat tafsilotlarini aniqlashga qaratilgan tezkor-tergov tadbiri oʻtkazilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala