Dunyoda

AQSH Afgʻonistondan qoʻshinlarni olib chiqish sanasini maʼlum qildi

CC BY 2.0 / The U.S. Army / Amerikanskiye voyennыe v Afganistane
Amerikanskiye voyennыe v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.03.2021
AQSH Afgʻonistondan oʻz qoʻshinlarini shu yil 1 mayga qadar toʻliq olib chiqib ketish masalasini koʻrib chiqmoqda.
TOSHKENT, 8 mar — Sputnik. AQSH Afgʻonistondan oʻz qoʻshinlarini 1 mayga qadar toʻliq olib chiqib ketish masalasini koʻrib chiqmoqda, deb xabar qildi Tolo News telekanali AQSH davlat kotibi Entoni Blinkenning prezident Ashraf Gʻaniga yozgan maktubiga asoslanib.
"Vashingtonda siyosiy jarayon davom etayotganligi sababli, AQSH biron bir variantni rad etmaydi. Biz 1 mayga qadar qoʻshinlarimizni toʻliq olib chiqib ketish masalasini koʻrib chiqmoqdamiz", - deyilgan hujjatda.
Maktubda yozilishicha, AQSH Rossiya, Xitoy, Pokiston, Hindiston tashqi ishlar vazirlari va vakillarini Afgʻonistonda tinchlikni saqlashga qaratilgan yagona yondashuvni muhokama qilish uchun yigʻilish oʻtkazish yuzasidan BMTga murojaat qilmoqchi.
Bundan tashqari, Vashington "Turkiya hukumatidan tinchlik bitimini yakunlash uchun yaqin haftalarda ikki tomonning yuqori darajadagi uchrashuvini tashkil qilishni" rejalashtirmoqda.
Pogranichniki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.03.2021
Afgʻoniston armiyasi shimolda oxirgi istehkomni tark etdi: MO mintaqasini nima kutmoqda
Avvalroq Pentagon AQSH prezidenti Jo Baydenning administatsiyasi Afgʻonistondan qoʻshinlarni olib chiqish rejasini qoʻllab-quvvatlashini aytgandi. Vashington “Tolibon” harakati (Rossiyada taqiqlangan) amaldagi kelishuv shartlarini bajargan taqdirda, may oyigacha mamlakatni tark etishga tayyor. Jangarilar bitim shartlarini bajarganligini taʼkidlamoqda.
2020 yilda Qatarda AQSH va “Tolibon” Afgʻonistondan olib chiqib ketish, mahbuslar almashinuvi keyin afgʻonistonlararo muloqotni boshlashni nazarda tutadigan birinchi tinchlik bitimini imzoladilar.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala