Jamiyat

Koronavirus: 4ta hududda yangi holatlar – eng koʻp Toshkentda

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Fotobankka oʻtishEkspress-testirovaniye na COVID-19 v aeroportu Vnukovo
Ekspress-testirovaniye na COVID-19 v aeroportu Vnukovo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.03.2021
Sutka davomida 43 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 80 219 nafarni tashkil qilmoqda.
TOSHKENT, 8 mar — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.
V Rossii pokazali pervыy v mire snimok britanskogo shtamma COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.03.2021
"Rospotrebnadzor" Oʻzbekistonda aylanuvchi koronavirus shtammining oʻzgarishini oʻrganadi
Bir sutka davomida 43 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 80 219 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining: 2 nafari Andijon viloyatida, 1 nafari Surxondaryo viloyatida, 3 nafari Toshkent viloyatida, 37 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 78 915 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 99 foizga yetdi.
Ayni paytda 682 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda - 148 nafari ogʻir, 27 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Oʻlim holatlari

Oʻzbekistonda jami 622 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 116,5 milliondan oshdi, 2,5 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (28,9 mln), Hindistonda (11,2 mln), Braziliyada (10,9 mln).
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala