Oʻzbekiston va Eron aloqalarni yanada rivojlantirishni muhokama qildi
Oʻzbekiston va Eron aloqalarni yanada rivojlantirishni muhokama qildi
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidiqov Eron TIV rahbari Javad Zarif bilan ikki mamlakat oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirish istiqbollarini... 09.03.2021, Sputnik Oʻzbekiston
TOSHKENT, 9 mar — Sputnik. Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidiqov Tehron shahrida Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.Suhbat davomida Oʻzbekiston-Eron aloqalarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Buning uchun savdo-iqtisodiy, investitsiya, sayyohlik va boshqa sohalarda muhim salohiyat mavjudligi taʼkidlandi.Ikki tomonlama siyosiy muloqot faollashgani hamda iqtisodiy diplomatiya sohasida hamkorlikning sezilarli darajada oʻsgani qayd etildi.Taʼkidlanishicha, Javad Zarif Oʻzbekistonda davlat va jamiyat qurilishi, ishbilarmonlik va investitsion muhitni takomillashtirish, mintaqada doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilikni mustahkamlash sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni yuqori baholadi.Afgʻonistondagi tinchlik jarayonini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Oʻzbekistonning saʼy-harakatlari alohida qayd etildi.Eron tomoni Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferentsiyaga taklif qilindi.Suhbat davomida tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar ham koʻrib chiqildi.
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidiqov Eron TIV rahbari Javad Zarif bilan ikki mamlakat oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.
TOSHKENT, 9 mar — Sputnik. Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidiqov Tehron shahrida Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Suhbat davomida Oʻzbekiston-Eron aloqalarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Buning uchun savdo-iqtisodiy, investitsiya, sayyohlik va boshqa sohalarda muhim salohiyat mavjudligi taʼkidlandi.
Ikki tomonlama siyosiy muloqot faollashgani hamda iqtisodiy diplomatiya sohasida hamkorlikning sezilarli darajada oʻsgani qayd etildi.
Taʼkidlanishicha, Javad Zarif Oʻzbekistonda davlat va jamiyat qurilishi, ishbilarmonlik va investitsion muhitni takomillashtirish, mintaqada doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilikni mustahkamlash sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni yuqori baholadi.
Afgʻonistondagi tinchlik jarayonini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Oʻzbekistonning saʼy-harakatlari alohida qayd etildi.
Eron tomoni Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferentsiyaga taklif qilindi.
Suhbat davomida tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar ham koʻrib chiqildi.