Rossiya

AQSH Rossiyaga koʻrinmas zarba berishni vaʼda qildi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishXaker
Xaker - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.03.2021
Kiber hujum rus xakerlari harakatlariga xos boʻlgan, unda qoʻllanilgan uslublar Xitoy, KXDR va Eron texnologiyalariga oʻxshash, lekin Moskva aybdorligini tasdiqlovchi hech qanday dalili yoʻq...
TOSHKENT, 9 mar - Sputnik. The New York Times yozishiga koʻra yaqin uch hafta ichida Amerika Qoʻshma shtatlari oʻta maxfiy operatsiya amalga oshiradi.
Uning natijasida Rossiya hukumati bilan bogʻliq kiber tizimlarga yashirin zarbalar beriladi. Ushbu zarbalar oqibatini shaxsan Vladimir Putin, Rossiya armiyasi va maxsus xizmatlari his qiladi, lekin boshqalar sezmaydi.
Xakerы iz Fancy Bears opublikovali tretyu chast dannыx, poluchennыx posle vzloma bazы VADA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.03.2019
Jamiyat
Andijonlik xaker 2,5 yilga axloq tuzatish ishlariga mahkum etildi
Bir hafta oldin AQSH prezidentining milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Jeyk Sallivan ham Vashington "koʻrinar va koʻrinmas" uslublar yordamida zarba berishga tayyorlanayotganini maʼlum qilgan edi.
Xabarda aytilishiga koʻra, bu oʻtgan yil oxirida AQShning SolarWinds kompaniyasiga qarshi amalga oshirilgan kiber hujumga javob chorasi boʻladi. Maʼlum boʻlishicha, korxona mijozlari orasida AQSH hukumat vakillari, mudofaa, moliya, ichki xavfsizlik, savdo vazirliklari vakillari hamda Davlat departamenti boʻlgan.
AQSH ushbu hujumda toʻgʻridan-toʻgʻri Moskvani ayblamoqda.Ular aytishiga qaraganda hujum Rossiya maxsus xizmatlari bilan bogʻliq boʻlgan xakerlar yordamida amalga oshirilgan. Ularning maqsadi esa – shpionaj boʻlgan.
Ekran telefona - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.05.2019
Dunyoda
WhatsApp ichida yashiringan shpion dastur topildi
Fevral boshida Senatda boʻlib oʻtgan majlisda Mikrosoft kompaniyasi rahbari Bred Smit “Ehtimol bu dunyo guvoh boʻlgan eng yirik va eng mohirona amalga oshirilgan operatsiya boʻldi”
Lekin sohaning boshqa vakillari xulosasiga koʻra, jumladan kiberxavfsizlikka ixtisoslashgan CrowdStrike va FireEye kompaniyalari vakillari aytishiga qaraganda ularda ushbu hujumlarga Moskva alodorligini tasdiqlovchi hech qanday dalil yoʻq. Ular aytishi mumkin boʻlgan xulosalar: “hujum rus xakerlari harakatlariga xos boʻlgan”, unda qoʻllanilgan uslublar Xitoy, KXDR va Eron texnologiyalariga oʻxshash.
AQSH hukumati ushbu hujum “unchalik katta zarar keltirmadi” deyishiga qaramasdan, hujumdan soʻng Oq Uyda favqulodda mahlis oʻtkazilgan va Trampning milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Robert O'Brayen oʻzining Yevropaga tashrifini bekor qilish Vashingtonga qaytishga majbur boʻlgan edi.
Undan soʻng qandaydir katta tezlikda Senatda 2 marotaba rasmiy hisobot oʻqib eshittirildi. Jurnalistlar ushbu eshitishlardan soʻng “Senat Microsoft va SolarWindsni yashxilab poʻstagini qoqqani" haqida Reuters boʻlsa oʻz maqolalarida Rossiyani tilga olgan edi.
Vizit prezidenta RF V. Putina v Kitay. Den vtoroy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.03.2021
Kolumnistlar
AQSH Saudiyani jazolasa, bundan Rossiya va Eron manfaat koʻradimi?
Darhaqiqat dekabrdagi hujumda AQSH kompyuter tizimida ulkan tuynuk paydo boʻlgan va tizik shokka tushgan edi. Albatta, AQShdek buyuk kompyuterlashgan davlat buni bir toʻda bezorilar amalga oshirganini tan olmaydi. Va bunday zarba berishga qodir – faqat ulkan resurslarga ega boʻlgan yana bir boshqa davlat boʻlishi mumkin deb hisoblaydi.
Oʻsha Bred Smit ham bunday hujum ortida “1000dan ortiq juda iqtidorli injenerlar turibdi” deb aytmagan – u ham oʻz muvaffaqiyatsizligini qandaydir yoʻl bilan oqlashi kerak-ku.
Bunday vaziyatda, albatta Rossiya har tomondan juda “qulay aybdor”. AQSH tomonidan bunday ayblash texnologiyalari avtomat darajasiga yetgan. Bu safarshi “yashirin” zarba berish istagi esa, ularga zarbadan soʻng oʻzlari istagan “natijani” eʼlon qilish imkonini beradi.
Lekin soʻnggi vaqtlarda amerikaliklar bunday “balandparvoz zarbalarni” shunchalik tez eʼlon qilmoqda-ki, aksariyat ularga qay darajada ishonishni ham bilmaydi. Lekin bularning hammasidan xulosa bitta – bir guruh hakerlar ulkan tuynoq ochishga muvaffaq boʻlgan AQSH milliy xavfsizlik tizimi aslida qanchalik yaxshi himoyalangan?
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala