Siyosat

Oʻzbekiston va Turkiya TIV rahbarlari uchrashdi: tomonlar nimalarga kelishib oldi

© Press-slujba MID UzbekistanaV Tashkente sostoyalas vstrecha ministra inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziza Kamilova s turetskim kollegoy Mevlyutom Chavushoglu.
V Tashkente sostoyalas vstrecha ministra inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziza Kamilova s turetskim kollegoy Mevlyutom Chavushoglu. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.03.2021
Uchrashuvda Oʻzbekistonda Baxcheshehir universiteti filialini ochish xamda Xoʻja Bayram Vali nomidagi universitet bilan birgalikda Fargʻona oliy turizm maktabini tashkil etish muhokama qilindi.
TOSHKENT, 9 mar — Sputnik. Toshkent shahrida Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning turkiyalik hamkasbi Mevlut Chavushoʻgʻlu bilan uchrashuvi hamda ikki mamlakat TIV rahbarlari boshchiligida Strategik rejalashtirish guruhining ikkinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
TIV matbuot xizmati xabariga koʻra, muzokaralar chogʻida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, investitsiya, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.
Boʻlajak qoʻshma tadbirlarga, xususan, oliy darajadagi Oʻzbekiston-Turkiya strategik hamkorlik kengashining ikkinchi yigʻilishiga tayyorgarlikning tashkiliy masalalari koʻrib chiqildi.
Parlamentlararo muloqotni mustahkamlash, ikki tomonlama munosabatlarning huquqiy asoslarini takomillashtirish va hududlararo hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha fikr almashildi.
© Press-slujba MID UzbekistanaV Tashkente sostoyalas vstrecha ministra inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziza Kamilova s turetskim kollegoy Mevlyutom Chavushoglu.
V Tashkente sostoyalas vstrecha ministra inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziza Kamilova s turetskim kollegoy Mevlyutom Chavushoglu. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.03.2021
BMT, Islom hamkorlik tashkiloti, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti va boshqa koʻp tomonlama tuzilmalar doirasidagi aloqalarni yanada faollashtirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi maʼlum qilindi.
“Ilmiy-taʼlim sohasidagi sheriklikni kengaytirish masalalariga, jumladan, Oʻzbekistonda Baxcheshehir universiteti filialini ochish, shuningdek Xoʻja Bayram Vali nomidagi universitet bilan birgalikda Fargʻona oliy turizm maktabini tashkil etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi”, - deyilgan xabarda.
Turkiya tomoni “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferentsiya, “Sharq taronalari”, baxshichilik sanʼati, hunarmandlar xalqaro festivallari va boshqa tadbirlarga taklif qilindi.
V Samarkande otkrыlos Genkonsulstvo Turtsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.03.2021
Jamiyat
Samarqandda Turkiyaning bosh konsulxonasi ochildi
Shuningdek, tadbirda xalqaro va mintaqaviy kun tartibining ayrim masalalari ham koʻrib chiqildi.
Strategik rejalashtirish guruhi yigʻilishi yakunlangach, Kamilov va Chavushoʻgʻli Oʻzbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2022-2023 yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi va Tarjima xizmatlari sohasida oʻzaro anglashuv memorandumini imzoladi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu boshchiligidagi delegatsiyasi Oʻzbekistonga tashrif buyurgan edi. Turkiya delegatsiyasi Xiva, Buxoro va Samarqandda boʻldi va Samarqanddagi Turkiyaning bosh konsulxonasi ochilish marosimida ishtirok etdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala