Iqtisod

Germaniya investorlari Oʻzbekistonda 1 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshirmoqchi

Flag Germanii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.03.2021
Oʻzbekiston - Germaniya davra suhbati boʻlib oʻtdi. Unda hamkorlikning barqaror mexanizmini ishlab chiqish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.
TOSHKENT, 10 mar — Sputnik. Joriy yilda Germaniya investorlari bilan birgalikda umumiy qiymati 1 mlrd dollarga teng boʻlgan 24 ta yirik loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Bu haqda videokonferentsiya shaklida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston - Germaniya davra suhbati chogʻida maʼlum qilindi. Davra suhbati Germaniya iqtisodiyotining Sharqiy qoʻmitasi koʻmagida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan tashkil etilgan.
Loyihalar avtomobilsozlik, kimyo, farmatsevtika va elektrotexnika tarmogʻida, shuningdek, qurilish materiallari ishlab chiqarishda amalga oshiriladi.
Tadbirda Germaniyaning yetakchi kompaniyalari, jumladan, “MAN Truck&BUS”, “Deutsche Lufthansa”, “Siemens”, “John Deere”, “Roland Berger”, “Knauf” va boshqa yirik sanoat ishlab chiqaruvchilari, tijorat banklari va biznes tashkilotlarining 100 dan ortiq rahbarlari hamda vakillari ishtirok etdi.
Oʻzbekiston tomonidan tadbirda Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov, vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari hamda respublikaning bir qator viloyatlari mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari ishtirok etdi.
Posetiteli na smotrovoy ploщadke Reyxstaga - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.02.2021
Migratsiya
Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasida migratsiya boʻyicha hamkorlik kelishuvi imzolandi
Muloqot davomida Oʻzbekiston – Germaniya investitsiyaviy hamkorligining joriy holati, shuningdek, qurilish materiallari ishlab chiqarish, toʻqimachilik, kimyo va farmatsevtika sanoati kabi iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlarida oʻzaro manfaatli sheriklikni chuqurlashtirishning yangi yoʻnalishlari muhokama qilindi.
Germaniya biznesining Oʻzbekiston bozoriga boʻlgan qiziqishining ortib borishi respublika iqtisodiyotiga 2020 yilda Germaniya investitsiyalarining 2019 yilga nisbatan 25% oʻsishida aks etganligi taʼkidlandi.
Tadbir yakunida investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan yoki Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirayotgan Germaniya tadbirkorlari bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi muvofiqlashtiruvi ostida masʼul vazirliklar va idoralarni jalb qilgan holda har bir investor va tadbirkor bilan manzilli ishlashni nazarda tutadigan hamkorlikning barqaror mexanizmini ishlab chiqish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala