Siyosat

Shavkat Mirziyoyev va Angela Merkel onlayn uchrashuv oʻtkazadi

© AP Photo / Bernd von JutrczenkaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Kantsler FRG Angela Merkel
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i  Kantsler FRG Angela Merkel - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.03.2021
Oʻn ikkinchi mart kuni Oʻzbekiston va Germaniya yetakchilarining sammiti boʻlib oʻtadi.
TOSHKENT, 10 mar — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal kantsleri Angela Merkel 12 mart kuni videoanjuman shaklida uchrashuv oʻtkazadi.
Ikki mamlakat yetakchilari Oʻzbekiston bilan Germaniya oʻrtasidagi koʻp qirrali sheriklikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalarini koʻrib chiqishlari koʻzda tutilgan.
“Oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, konstruktiv siyosiy muloqotni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlikka doir qoʻshma loyiha va dasturlarni ilgari surish masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi”, - deyiladi Oʻzbekiston rahbari matbuot xizmati xabarida.
Muzokaralarda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashiladi.
Taʼkidlanishicha, Germaniya Oʻzbekistonning muhim iqtisodiy, investitsiyaviy va texnologik sheriklaridan biridir.
Oʻtgan yil yakunlariga koʻra oʻzaro tovar ayirboshlash 829 million dollarni tashkil etgan, mamlakatimizda Germaniyaning 700 million dollardan ziyod investitsiyalari oʻzlashtirilgan. Oʻzbekistonda 200 ga yaqin qoʻshma korxona faoliyat yuritmoqda.
Flag Germanii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.03.2021
Iqtisod
Germaniya investorlari Oʻzbekistonda 1 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshirmoqchi
Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev 2019 yil yanvar oyida rasmiy tashrif bilan Germaniyada boʻlgan edi, oʻsha yilning may oyida esa Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer javob tashrifi bilan Oʻzbekistonga keldi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala