https://oz.sputniknews-uz.com/20210311/baliq-va-baliq-mahsulotlari-17671554.html
Baliq va baliq mahsulotlari xavfsizligiga qoʻyiladigan yagona talablar ishlab chiqildi
Baliq va baliq mahsulotlari xavfsizligiga qoʻyiladigan yagona talablar ishlab chiqildi
“Baliq va baliq mahsulotlari xavfsizligi toʻgʻrisida”gi umumiy texnik reglamenti ishlab chiqildi. 11.03.2021, Sputnik Oʻzbekiston
2021-03-11T12:33+0500
2021-03-11T12:33+0500
2021-03-11T12:33+0500
jamiyat
toshkent
oʻzbekiston
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/1416/68/14166843_20:0:982:541_1920x0_80_0_0_42422787936e3ae41ced3e4b31710146.jpg
TOSHKENT, 10 mar — Sputnik. “Baliq va baliq mahsulotlari xavfsizligi toʻgʻrisida”gi umumiy texnik reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida hukumat qarori loyihasi umumiy muhokamaga qoʻyildi.“Soʻnggi yillarda baliq mahsulotlarining sifati va xavfsizligi darajasi bir qator sabablarga koʻra sezilarli darajada pasaydi:- eskirgan texnologik uskunalardan foydalanish;- oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan xom ashyo va yordamchi materiallarning zaharli moddalar bilan (poliklorobifenil, alifatik va poliaromatik uglevodorodlar, ogʻir metallar va boshqalar) ifloslanishi;- oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan ichimlik suvi sifatining pasayishi;- baliqni qayta ishlash korxonalarining sanitariya-gigiyenik holati;- baliq mahsulotlarini tashish va saqlash sharoitlari sanitariya meʼyorlariga javob bermasligi va boshqalar”, - deyilgan hujjatda.Umumiy texnik reglament loyihasi SSV, Davlat veterinariya qoʻmitasi, Oʻsimliklar karantini davlat inspektsiyasi va “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi mutaxassislaridan tarkib topgan “Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Standartlar institutida tuzilgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengash tomonidan ishlab chiqildi.Texnik reglament loyihasiga quydagi talablar kiritilmoqda:- baliq mahsulotlari tarkibidagi toksik element meʼyorlari sifatiga talablar.- baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, tashish, sotish, tasarruf etish, shuningdek baliq mahsulotlarini erkin harakatini taʼminlash uchun tamgʻalash va qadoqlashga oid talablar.- yosh bolalar, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarning ovqatlanishi uchun baliq oziq-ovqat mahsulotlarining ozuqaviy qiymati va xavfsizlik koʻrsatkichlariga talablar.
https://oz.sputniknews-uz.com/20200925/Qozoistonda-tishi-odamnikiga-khshagan-alati-bali-tutib-olindi-15052842.html
oʻzbekiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/1416/68/14166843_140:0:861:541_1920x0_80_0_0_177f387a95e293295eddf31eb4403980.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
toshkent, oʻzbekiston
Baliq va baliq mahsulotlari xavfsizligiga qoʻyiladigan yagona talablar ishlab chiqildi
“Baliq va baliq mahsulotlari xavfsizligi toʻgʻrisida”gi umumiy texnik reglamenti ishlab chiqildi.
TOSHKENT, 10 mar — Sputnik. “Baliq va baliq mahsulotlari xavfsizligi toʻgʻrisida”gi umumiy texnik reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
hukumat qarori loyihasi umumiy muhokamaga qoʻyildi.
“Soʻnggi yillarda baliq mahsulotlarining sifati va xavfsizligi darajasi bir qator sabablarga koʻra sezilarli darajada pasaydi:
- eskirgan texnologik uskunalardan foydalanish;
- oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan xom ashyo va yordamchi materiallarning zaharli moddalar bilan (poliklorobifenil, alifatik va poliaromatik uglevodorodlar, ogʻir metallar va boshqalar) ifloslanishi;
- oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan ichimlik suvi sifatining pasayishi;
- baliqni qayta ishlash korxonalarining sanitariya-gigiyenik holati;
- baliq mahsulotlarini tashish va saqlash sharoitlari sanitariya meʼyorlariga javob bermasligi va boshqalar”, - deyilgan hujjatda.
Umumiy texnik reglament loyihasi SSV, Davlat veterinariya qoʻmitasi, Oʻsimliklar karantini davlat inspektsiyasi va “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi mutaxassislaridan tarkib topgan “Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Standartlar institutida tuzilgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengash tomonidan ishlab chiqildi.
Texnik reglament loyihasiga quydagi talablar kiritilmoqda:
- baliq mahsulotlari tarkibidagi toksik element meʼyorlari sifatiga talablar.
- baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, tashish, sotish, tasarruf etish, shuningdek baliq mahsulotlarini erkin harakatini taʼminlash uchun tamgʻalash va qadoqlashga oid talablar.
- yosh bolalar, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarning ovqatlanishi uchun baliq oziq-ovqat mahsulotlarining ozuqaviy qiymati va xavfsizlik koʻrsatkichlariga talablar.