Dunyoda

Bu yilgi eng katta asteroid Yerga yaqinlashmoqda

© NASAAsteroid v kosmose na fone zemli. Illyustrativnoye foto
Asteroid v kosmose na fone zemli. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.03.2021
Kelasi hafta 2001 FO32 asteroidi Yerga maksimal masofaga yaqinlashadi.
TOSHKENT, 12 mar — Sputnik. NASA rasmiy saytida joylashtirilgan xabarga koʻra, 21 mart kuni Moskva vaqti bilan soat 19:03da 2001 FO32 asteroidi Yerga maksimal masofaga yaqinlashadi. U taxminan ikki million kilometr uzoqlikda uchib oʻtadi va 2021 yilda sayyoraga yaqinlashgan eng katta asteroid boʻladi.
2001 yil mart oyida kashf etilgan, Apollon guruhiga kiruvchi 2001 FO32 asteroidning diametri 914 metrni tashkil qiladi. Yerga yaqinlashganda u yuqori tezlikda harakatlanadi - soatiga taxminan 124 ming kilometr. Bu boshqa asteroidlarning koʻpchiligiga qaraganda tezroq.
Fotografiya asteroida. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.08.2020
Dunyoda
Yaqin kunlarda koʻp qavatli uy kattaligidagi asteroid Yerga yaqinlashadi
Asteroid "potentsial xavfli" deb tasniflanganiga qaramay, uning Yer bilan toʻqnashuvi xavfi yoʻq. Unga eng yaqin masofa Yerdan Oygacha boʻlgan masofaning taxminan 5,25 baravariga teng boʻladi.
Olimlarning taxminlariga koʻra, 2001 FO32 bu yilda sayyoraga yaqin uchadigan eng katta asteroid boʻladi. Soʻnggi katta asteroid 1998 OR2 2020 yil 29 aprelda Yerga yaqin uchib oʻtgan. 2001 FO32 1998 yil OR2 dan biroz kichikroq, ammo u Yerga uch baravar yaqinroq boʻladi.
Yer yaqinidan oʻchib oʻtish vaqtida astronomlar asteroid oʻlchamlari haqida aniqroq maʼlumotga ega boʻlishga umid qilmoqda. Shuningdek, Gavayi Mauna Kea vulqonining yuqori qismida joylashgan IRTF NASA infraqizil teleskopi yordamida aniqlashga harakat qilishadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala