Dori-darmon: Japarov Qirg‘izistonda o‘zbek-qirg‘iz qo‘shma korxonasini ochishni taklif qildi

 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2021
Obuna bo‘lish
Japarov O‘zbekiston hukumatiga dori-darmon ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona ochishni taklif qildi.
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mamlakatda dorilar, shaxsiy himoya vositalari va tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqaradigan qirg‘iz-o‘zbek korxonasini ochishni taklif qildi.
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2021
O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida Sadir Japarov respublika bosh vaziri Abdulla Aripov bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Japarov O‘zbekistonda farmatsevtika sanoatining rivojlanishi to‘g‘risida ijobiy fikr bildirib, Qirg‘izistonda qo‘shma korxona tashkil etishni taklif qildi. U ikki mamlakat hukumatlari tomonidan erishilgan kelishuvlar bo‘yicha ishlarni kuchaytirish muhimligini ta’kidlab, muzokaralar uchun barcha platformalardan muntazam foydalanishni taklif qildi.
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2021
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida 22ta hujjat imzolandi
Prezident birinchi navbatda ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha qirg‘iz-o‘zbek hukumatlararo komissiyasining yig‘ilishini tashkil etish zarur, deb hisoblaydi. Shuningdek, u iqtisodiy sheriklikni chuqurlashtirish uchun yangi platformaga aylanadigan va transchegaraviy savdoni rivojlantirishda tadbirkorlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish uchun imkoniyat yaratadigan qirg‘iz-o‘zbek ishbilarmonlar kengashini yaratish to‘g‘risida ijobiy gapirdi.
Japarov barcha loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan qo‘shma qishloq xo‘jaligi korxonalarini yaratish muhimligini ta’kidladi. Aripov Qirg‘iziston hukumati bilan yaqin hamkorlikda ikki davlat rahbarlarining barcha kelishuvlarini amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.
Yangiliklar lentasi
0