Jamiyat

Toshkentda qidiruvga eʼlon qilingan shaxslar qoʻlga olindi

© Sputnik / Stas EtveshNaruchniki
Naruchniki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.03.2021
Toshkent shahar IIBB jinoyat qidiruv xodimlari qidiruvga eʼlon qilingan shaxslarni qoʻlga olishdi.
TOSHKENT, 12 mar — Sputnik. 2 mart kuni Yakkasaroy tumani jinoyat qidiruv xodimlari Toshkent viloyati hududida 2020 yilning dekabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasida (“Firibgarlik”) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganligi uchun qidiruvga eʼlon qilingan 38 yoshli Dilmurod SH.ni qoʻlga olishdi.
Sud unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasini qoʻlladi.
Naruchniki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.03.2021
DXXdagi vakant joyni 5 ming $ga pullayotgan uddaburro shaxs qoʻlga olindi
Shu kunning oʻzida 2018 yili Mirzo-Ulugʻbek tumani IIO FMB tomonidan qidiruvga eʼlon qilingan 37 yoshli Andranik M. qoʻlga olindi. Andranik M. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasida (“Oʻgʻrilik”) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala