Jamiyat

Andijonda gazdan portlash sodir boʻldi - jabrlanganlar bor

© MCHS UzbekistanaSpasateli MCHS likvidirovali pojar, vspыxnuvshiy v odnom iz restoranov Samarkandskoy oblasti
Spasateli MCHS likvidirovali pojar, vspыxnuvshiy v odnom iz restoranov Samarkandskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.03.2021
Andijon shahridagi koʻp qavatli uydagi xonadonlardan birida gaz va havo aralashmasi chaqnashi natijasida yongʻin kelib chiqqan
TOSHKENT, 13 mar - Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Andijon shahrida gaz va havo aralashmasi chaqnashi sodir boʻlganligi haqida xabar berdi.
Bosh prokuratura tomonidan aniqlanishicha, kecha, 12 mart kuni Andijon shahridagi koʻp qavatli uylarning biridagi xonadonda gaz va havo aralashmasi chaqnashi natijasida yongʻin kelib chiqqan.
Ruka cheloveka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.03.2021
Hodisalar
Qoraqalpogʻistonda besh kishi is gazidan zaharlanib oʻldi
Oqibatda, ayol va voyaga yetmagan qiz tana kuyishi hamda qoʻshni xonadonda yashovchi voyaga yetmagan bola chaqnash toʻlqinidan yiqilib, koʻkrak qismidan tan-jarohati olgan va shifoxonaga yotqizilgan.
Jabrlanganlarning olgan tan-jarohatlari ogʻirlik darajasini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Mutaxassislar tomonidan chaqnash sabablari, shuningdek keltirilgan zararlarni aniqlash choralari koʻrilmoqda.
Holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan oʻtkazilayotgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala