Jamiyat

Oʻzbekiston mamlakat kirishda koronavirusga ekspress test olish tartibini bekor qilmoqda

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Fotobankka oʻtishEkspress-testirovaniye na COVID-19 v aeroportu Vnukovo
Ekspress-testirovaniye na COVID-19 v aeroportu Vnukovo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.03.2021
Aeroport, temir yoʻl vokzali yoxud chegara punkti hududida koronavirus infektsiyasiga antigen ekspress test olish tartibi bekor qilinadi.
TOSHKENT, 14 mar — Sputnik. Oʻzbekistonga havo, temir yoʻl transporti hamda chegara punktlari orqali tashrif buyurayotgan barcha shaxslardan oʻz hisobidan aeroport, temir yoʻl vokzali yoxud chegara punkti hududida koronavirus infektsiyasiga antigen ekspress test olish tartibi 2021 yilning 15 martidan boshlab bekor qilinadi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasining tegishli qarori qabul qilindi.
Endilikda, yangi tartib boʻyicha:
havo va temir yoʻl qatnovlari orqali tashrif buyurayotgan shaxslar Oʻzbekistonga kelish uchun havo yoki temir yoʻl qatnoviga roʻyxatdan oʻtishdan oldin soʻnggi 72 soatdan koʻp boʻlmagan muddatda koronavirus infektsiyasiga faqat PZR orqali tekshirilib, manfiy koʻrsatkichga ega deb topilgan maʼlumotnomani taqdim etishi talab etiladi;
avtoyoʻl chegara oʻtkazish punktlari orqali kirib kelayotgan shaxslar tomonidan soʻnggi 72 soatdan koʻp boʻlmagan muddatda koronavirus infektsiyasiga PZR orqali tekshirilib, manfiy koʻrsatkichga ega deb topilgan maʼlumotnomani taqdim etilganda yoki PZR natijasi boʻlmagan hollarda chegara oʻtkazish punktlarida faoliyat yuritadigan maxsus klinika yoki laboratoriyalarda koronavirus infektsiyasi antigenini ekspress test tekshiruvi orqali manfiy natija qayd etilgan taqdirda Oʻzbekiston hududiga kiritiladi.
Bunda koronavirus infektsiyasiga PZR tekshiruvlari natijalari ingliz yoki rus tillarida boʻlishi talab etiladi.
Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan 2021 yilning 25 martidan boshlab xorijiy mamlakatlardan Oʻzbekistonga tashrif buyuruvchilardan faqat sifat koʻrsatkichi talab darajasida boʻlgan laboratoriyalarning koronavirus infektsiyasiga PZR tekshiruvlari maʼlumotnomalari bilan havo yoki temir yoʻl qatnoviga roʻyxatdan oʻtkaziladi yoxud avtoyoʻl chegara oʻtkazish punktlari orqali Oʻzbekistonga koronavirus infektsiyasi antigenini ekspress test tekshiruvi oʻtkazmasdan kiritiladi.
Uzbekistan vozvraщayet charternыmi reysami zastryavshix za rubejom grajdan iz-za koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.01.2021
Jamiyat
Bir hafta ichida Oʻzbekistonga aviareyslarda kelgan 21 yoʻlovchida koronavirus aniqlandi
Shu bilan birga mutasaddi tashkilotlarga chet elda sifatli hamda ishonchli koronavirus infektsiyasiga PZR tekshiruvlarini oʻtkazuvchi laboratoriyalar – yaʼni Oʻzbekistonda tan olinadigan laboratoriyalar roʻyxatini (har bir mamlakat kesimida kamida 10 tadan) shakllantirish va eʼlon qilish boʻyicha topshiriq berildi.
Masʼul vazirlik va idoralarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida koronavirus bilan bogʻliq mamlakatga kirish boʻyicha cheklovlar bekor qilingani, yangi avia va temir yoʻl qatnovlari tashkil etilayotgani toʻgʻrisida oʻz rasmiy veb-sahifalarida hamda Oʻzbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari orqali xorijiy hamkorlar, investorlar va turoperatorlarga maʼlum qilish boʻyicha topshiriq berildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala