Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Hodisalar

Toshkentdagi ikki nufuzli universitet talabalari oʻrtasidagi janjal boʻyicha maʼlumot berildi

© Sputnik / Tabыldы KadыrbekovDraka
Draka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.03.2021
Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti va Xalqaro Vestminster universiteti talabalari mini-futbol boʻyicha musobaqada tortishib qolgan. Ularning oʻzaro tortishuviga tribunadagi muxlislar maydonga tushib qoʻshilishgan.
TOSHKENT, 14 mar — Sputnik. Oliy va oʻrta maxsus vazirligi Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti va Xalqaro Vestminster universiteti talabalari oʻrtasida sodir boʻlgan janjal yuzasidan maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, 13 mart Singapur institutida poytaxtdagi 10 ta xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasasi jamoalari oʻrtasida mini-futbol boʻyicha anʼanaviy 16-Talabalar ligasi boʻlib oʻtgan.
Musobaqada ushbu institut va Xalqaro Vestminster universiteti jamoasi oʻzaro bahs olib borgan. Oʻyinning ikkinchi boʻlimiga tugashiga bir daqiqa qolganda toʻp maydon tashqarisiga chiqib ketgan va oʻsha vaziyatda ikki futbolchi-talaba tortishib qolgan. Futbolchilarining oʻzaro tortishuviga tribunadagi muxlislar maydonga tushib qoʻshilishgan va oqibatda tortishuv kengaygan.
Futbolnыy myach - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.02.2021
Sport
Fargʻonada hakamni tepgan va futboldan chetlashtirilgan futbolchi ozodlikka chiqarildi
Hakamlar oʻyinni toʻxtatgan. Institut xavfsizlik xizmati xodimlari zudlik bilan talabalarni ajratgan va tinchlantirgan. Tortishuvda hech bir talaba tan jarohati olmagan. Oʻyinchilar bir-biridan uzr soʻrab, oʻzaro kelishib olgan.
“Holat aks etgan videotasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng jamoatchilik orasida qizgʻin muhokamalarni keltirib chiqardi. Turli bahs-munozaralar jarayonida aslida talaba-yoshlar oʻrtasida boʻlgan oʻzaro tortishuv mohiyatidan uzoqlashib, ommani chalgʻituvchi notoʻgʻri talqin, xato maʼlumotlar yuzaga keldi”, - deyilgan vazirlik bayonotida.
Vazirlik ushbu holat tezkorlik bilan nazoratga olib, uning kelib chiqish sabablarini oʻrgangan.
Taʼkidlanishicha, mazkur holatning kelib chiqishiga sababchi boʻlgan mutasaddilar va talabalarga nisbatan intizomiy choralar koʻriladi.
Ushbu holat shu kunning oʻzida oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri boshchiligida muhokama qilingan. Kelgusida bu kabi salbiy holatlar takrorlanmasligi yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrilishi belgilab olingan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala