https://oz.sputniknews-uz.com/20210315/epidemiologik-vaziyat-17767529.html
MOQ epidemiologik vaziyat keskinlashuvi yuzasidan tezkor yigʻilish oʻtkazdi
MOQ epidemiologik vaziyat keskinlashuvi yuzasidan tezkor yigʻilish oʻtkazdi
MOQda respublikada epidemiologik vaziyatning keskinlashuvi yuzasidan tezkor yigʻilish oʻtkazildi. 15.03.2021, Sputnik Oʻzbekiston
2021-03-15T19:06+0500
2021-03-15T19:06+0500
2021-04-01T16:46+0500
covid-19 umumjahon pandemiyasi
jamiyat
milliy olimpiya qoʻmitasi
vaktsina
toshkent
oʻzbekiston
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/898/29/8982958_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_7335cd36ae55065c8ff33647f64edc1a.jpg
TOSHKENT, 15 mar — Sputnik. MOQda terma jamoalarni Tokio Olimpiadasi va boshqa yirik musobaqalarga tayyorlash boʻyicha Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Olimpiya sport turlari boʻyicha federatsiya va assotsiatsiyalar rahbariyati ishtirokida tezkor yigʻilish boʻlib oʻtdi. ZOOM platformasida oʻtgan tadbirda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ raisi oʻrinbosari Sherzod Tashmatov va barcha federatsiyalar rahbariyati ishtirok etishdi. Uchrashuv avvalida MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi direktori Abdushukur Sadikov epidemiologik vaziyat haqida toʻxtalib oʻtdi. “Coʻngi 10 kun davomida epidemiologik vaziyat keskinlashmoqda va kunlik koʻrsatkichlar oʻsib boryapti. Bu holat avvaldan taxmin qilingan edi. Shu bois oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazayotgan federatsiyalarimizdan sportchilarimizning barcha qoidalarga qatʼiy rioya qilishlarini nazoratga olishni soʻrab qolamiz. Avvalgi toʻlqinda virusning yashirin va yengil koʻrinishini boshimizdan oʻtkazdik. Unda infektsiya 10-15 kun ichida oʻpkaga oʻtib ketishi aniqlanayotgan edi. Afsuski, hozir tarqalayotgan shtammda bu holat uzogʻi 1 hafta ichida namoyon boʻlmoqda. Shuning uchun ehtiyotkorlikni doimgidan ham kuchaytirishni soʻrab qolamiz. Biz tez fursatda sportchilarimizdan qayta test olish jarayonini boshlaymiz”, – dedi A.Sadikov.Oybek Kasimov sportchilarni vaktsinatsiya qilish borasida berilgan savolga quyidagicha javob berdi:“Sportchilarimizni vaktsinatsiya qilishni oʻzimiz hal qila olmaymiz. Bu borada Xalqaro Olimpiya qoʻmitasiga rasmiy murojaatnoma joʻnatamiz. XOQ ushbu masala yuzasidan oʻz tavsiyalarini bergach shu asosda hukumatimiz va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan maslahatlashib, sportchilarimizni emlash amalga oshiriladi. Shu bois yurtimizda aholini koronavirusga qarshi emlash boshlangan payt roʻyxatda atletlarimiz boʻlmasligi mumkin. Biz bu masalada XOQ yoʻriqnomasini inobatga olishimiz shart”, – dedi MOQ Bosh kotibi.Onlayn yigʻilishda Tokio Olimpiadasiga yoʻllanma olgan va litsenziya olishi kutilayotgan asosiy sportchilarda koronavirusga qarshi antitanachalar bor-yoʻqligi, ularning immun tizimi qay holatda ekanligini aniqlab beruvchi tahlillar olinishi ham taʼkidlandi.Endilikda barcha terma jamoalarning oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari avvalgidek qattiq nazorat ostiga olinadi. Bazada yashaydigan farrosh va oshpazlardan tortib, sportchi va murabbiylarning tashqi kontaktdan saqlanishi taʼminlanadi.
https://oz.sputniknews-uz.com/20210315/toshkentda-karantin-talablariga-rioya-qilinishi-qatiy-nazoratga-olinadi-17753167.html
oʻzbekiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/898/29/8982958_150:0:1050:675_1920x0_80_0_0_67839752fd20efa5c276e126864a760e.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
covid-19 umumjahon pandemiyasi, milliy olimpiya qoʻmitasi, vaktsina, toshkent, oʻzbekiston
MOQ epidemiologik vaziyat keskinlashuvi yuzasidan tezkor yigʻilish oʻtkazdi
19:06 15.03.2021 (yangilandi: 16:46 01.04.2021) MOQda respublikada epidemiologik vaziyatning keskinlashuvi yuzasidan tezkor yigʻilish oʻtkazildi.
TOSHKENT, 15 mar — Sputnik. MOQda terma jamoalarni Tokio Olimpiadasi va boshqa yirik musobaqalarga tayyorlash boʻyicha Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Olimpiya sport turlari boʻyicha federatsiya va assotsiatsiyalar rahbariyati ishtirokida tezkor yigʻilish boʻlib oʻtdi.
ZOOM platformasida oʻtgan tadbirda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ raisi oʻrinbosari Sherzod Tashmatov va barcha federatsiyalar rahbariyati ishtirok etishdi. Uchrashuv avvalida MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi direktori Abdushukur Sadikov epidemiologik vaziyat haqida toʻxtalib oʻtdi.
“Coʻngi 10 kun davomida epidemiologik vaziyat keskinlashmoqda va kunlik koʻrsatkichlar oʻsib boryapti. Bu holat avvaldan taxmin qilingan edi. Shu bois oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazayotgan federatsiyalarimizdan sportchilarimizning barcha qoidalarga qatʼiy rioya qilishlarini nazoratga olishni soʻrab qolamiz. Avvalgi toʻlqinda virusning yashirin va yengil koʻrinishini boshimizdan oʻtkazdik. Unda infektsiya 10-15 kun ichida oʻpkaga oʻtib ketishi aniqlanayotgan edi. Afsuski, hozir tarqalayotgan shtammda bu holat uzogʻi 1 hafta ichida namoyon boʻlmoqda. Shuning uchun ehtiyotkorlikni doimgidan ham kuchaytirishni soʻrab qolamiz. Biz tez fursatda sportchilarimizdan qayta test olish jarayonini boshlaymiz”, – dedi A.Sadikov.
Oybek Kasimov sportchilarni vaktsinatsiya qilish borasida berilgan savolga quyidagicha javob berdi:
“Sportchilarimizni vaktsinatsiya qilishni oʻzimiz hal qila olmaymiz. Bu borada Xalqaro Olimpiya qoʻmitasiga rasmiy murojaatnoma joʻnatamiz. XOQ ushbu masala yuzasidan oʻz tavsiyalarini bergach shu asosda hukumatimiz va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan maslahatlashib, sportchilarimizni emlash amalga oshiriladi. Shu bois yurtimizda aholini koronavirusga qarshi emlash boshlangan payt roʻyxatda atletlarimiz boʻlmasligi mumkin. Biz bu masalada XOQ yoʻriqnomasini inobatga olishimiz shart”, – dedi MOQ Bosh kotibi.
Onlayn yigʻilishda Tokio Olimpiadasiga yoʻllanma olgan va litsenziya olishi kutilayotgan asosiy sportchilarda koronavirusga qarshi antitanachalar bor-yoʻqligi, ularning immun tizimi qay holatda ekanligini aniqlab beruvchi tahlillar olinishi ham taʼkidlandi.
Endilikda barcha terma jamoalarning oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari avvalgidek qattiq nazorat ostiga olinadi. Bazada yashaydigan farrosh va oshpazlardan tortib, sportchi va murabbiylarning tashqi kontaktdan saqlanishi taʼminlanadi.