Hodisalar

“Soʻx voqeasi” ishtirokchilariga jazo tayinlandi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishRuki v naruchnikax
Ruki v naruchnikax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.03.2021
“Soʻx voqeasi”ning ikki nafar ishtirokchisi 5 yilga qamaldi. Qolganlari 5, 4 va 2 yil muddatga ozodlikdan cheklandi.
TOSHKENT, 18 mar — Sputnik. Fargʻona viloyat sudida 22 nafar “Soʻx voqeasi” ishtirokchilariga nisbatan jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha ochiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi eʼlon qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu jinoyat ishi yuzasidan sudning 2021 yil 18 martdagi hukmiga koʻra, barcha sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.
Sotrudnik sledstvennogo izolyatora - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.08.2020
Jamiyat
Soʻxdagi ommaviy tartibsizliklardan soʻng 6 kishi qamoqqa olindi
“Soʻx voqeasi”ning ikki nafar ishtirokchisiga 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Qolganlariga 5, 4 va 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazolari tayinlangan. Sud ularga jazo tayinlashda Jinoyat kodeksining 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlash)ni qoʻllagan.
Jinoyat oqibatida Fargʻona viloyat IIB foydasiga yetkazilgan 9 mln 996 ming 341 soʻm moddiy zarar sudlanuvchilardan solidar tartibda undirilishi belgilangan.
Eslatib oʻtamiz, 2020 yil 31 may kuni Oʻzbekiston – Qirgʻiziston chegarasida joylashgan Chashma bulogʻi oldida ikki mamlakat fuqarolari oʻrtasida ziddiyat yuzaga kelgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala