Hodisalar

“Toshkent shahar suv taʼminoti” mansabdorlari pora bilan qoʻlga tushdi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoMujchina derjit naruchniki
Mujchina derjit naruchniki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.03.2021
“Toshkent shahar suv taʼminoti” MCHJ direktor oʻrinbosari va boʻlim boshligʻi pora olayotgan vaqtda ushlandi.
TOSHKENT, 18 mar — Sputnik. “Toshkent shahar suv taʼminoti” MCHJ direktor oʻrinbosari va boʻlim boshligʻi pora olayotgan vaqtda ushlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Xabarda yozilishicha, 16 mart kuni IIVga fuqaro A.E. ariza bilan murojaat qilib, “Toshkent shahar suv taʼminoti” MCHJ xodimi undan pora talab qilayotganini bildirgan. Fuqara unga nisbatan chora koʻrishni soʻragan.
Aniqlanishicha, u tadbirkorlik qilish maqsadida Yunusobod tumani Markaz-6 dagi bekatni ijaraga olgan. Bekatga oʻtgan suv quvuriga ulanib, hisoblagich oʻrnatgan. Buni hujjatlashtirish uchun Toshkent shahar “Suvsoz” boshqarmasiga murojaat qilgan. Korxonaning “Mirolim” ismli xodimi suv quvurini oʻzboshimchalik bilan ulaganligini roʻkach qilib, jarimaga tortmaslik evaziga 3 mln soʻm talab qilgan.
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.11.2020
Hodisalar
Buxoro viloyati sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshligʻi pora bilan qoʻlga tushdi
Shu kunning oʻzida tegishli organlar oʻtkazgan tezkor tadbirda “Toshkent shahar suv taʼminoti” MCHJ boʻlim boshligʻi H.M. ariza muallifi 3 mln soʻm olgan vaqtda qoʻlga olingan.
Ushlangan shaxs bu pullarni korxona direktori oʻrinbosari P.R.ning topshirigʻiga asosan olganini va pullarning bir qismini unga berishi lozimligini maʼlum qilgan.
17 mart kuni tezkor tadbir davom ettirilib, P.R. xizmat xonasida H.M.dan 1,8 mln soʻmni olgan vaqtda ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan (Bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib poro olish) jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
P.R. va H.M.lar tegishli tartibda ushlangan. Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala