Rossiya

Zaxarova Baydenning Rossiya haqidagi bayonotlariga munosabat bildirdi

© Press-slujba MID RF / Fotobankka oʻtishOfitsialnыy predstavitel Ministerstva inostrannыx del Rossii Mariya Zaxarova
Ofitsialnыy predstavitel Ministerstva inostrannыx del Rossii Mariya Zaxarova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.03.2021
Avvalroq Jo Bayden Rossiya hukumati goʻyoki Amerika saylovlariga aralashgani uchun javob berishi kerakligini maʼlum qilgandi.
TOSHKENT, 18 mar — Sputnik. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova AQSH prezidenti Jo Baydenning Rossiya haqidagi bayonotlariga munosabat bildirdi.
“Biz amerikalik hamkasblarimiz u yerda nima roʻy bergani haqidagi toʻgʻridan-toʻgʻri savolga javob berishdan toʻliq bosh tortishganini bilamiz. Ular (javoblar – tahr.) umuman olganda yoʻq. Bu savol ularga, ularda umuman nimalar roʻy bermoqda”, -dedi Zaxarova “Vesti FM” radiosi efirida.
Uning soʻzlariga koʻra, amerikalik jurnalistlar ham tunda u yerda nimalar roʻy berayotgani haqidagi savol bilan yuzlanishgan.
“Ular bitta va oʻsha savol bilan murojaat qilishdi: bizga yordam bering (nimalar roʻy berayotganini anglashga – tahr.). Qanday qilib? Shu bois men hisoblaymanki, amerika mashinasi harakatga kelishi, umuman olganda, oddiy savollarga javob berishi kerak: u yerda oʻzlarida nimalar sodir boʻlyapti?”, - deya qoʻshimcha qildi diplomat.
V Rossii pobit rekord otritsatelnogo otnosheniya k SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.03.2021
Dunyoda
Rossiya aralashmagan – elchixona ayblovlarga javob qaytardi
Avvalroq Jo Bayden ABC telekanaliga bergan intervyusida Rossiya hukumati goʻyoki Amerika saylovlariga aralashgani uchun javob berishi kerakligini maʼlum qilgandi. Bundan tashqari, Oq uy rahbari u Vladimir Putinni “qotil” (killer) deb hisoblaydimi degan savol “ha” deb javob berdi.
Oʻz navbatida, Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki Baydenning Putin haqida aytgan gaplari majoziy maʼnoda ekani yoki yoʻqligini tushuntirishdan bosh tortdi.
Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov AQSH bilan munosabatlar qaysi yoʻnalish boʻylab davom etishi va nima qilish kerakligini tahlil qilish maqsadida maslahatlashish uchun Moskvaga chaqirtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala